Топ-100
Back

ⓘ Germaniy, Ge - Mendeleyev davriy sistemasining IV guruhi kimyoviy elementi. Tartib nomeri 32; atom massasi 72.59. Barqaror izotoplari beshta: 7Ge, 72Ge, 73Ge, 7 ..




Germaniy
                                     

ⓘ Germaniy

Germaniy, Ge - Mendeleyev davriy sistemasining IV guruhi kimyoviy elementi. Tartib nomeri 32; atom massasi 72.59. Barqaror izotoplari beshta: 7"Ge, 72Ge, 73Ge, 74Ge va 76Ge. Germaniyning juda kop suniy radioaktiv izotoplari olingan. Germaniy mavjudligini 1871 yilda Germaniy Mendeleyev oldindan aytdi; uni "ekasilitsiy" deb atadi va davriy sistemada bu element uchun joy qoldirdi. 1886 yilda nemis kimyogari Germaniy Vinkler argirodit nomli mineral tarkibida osha vaqtda malum bolmagan element borligini topdi va unga vatani - Germaniya sharafiga Germaniy deb nom berdi. Germaniy tarqoq element. Yer postida ogirlik jihatidan 7-10~4* ni tashkil qiladi. Tabiatda erkin holda uchramaydi. Qushimchalar holida temir, pyx, nikel-volfram rudalarida, toshkomir, torf, neftda, termal suvlarda, suv otlarida va silikatlar tarkibida boladi. Asosiy minerallari: germanit, argirodit, reniyerit va plyumbogermanit. Erkin Germaniy kulrang tusli metall; zichligi 5.33 g/sm3, suyuqlanish temperaturasi 938.25°, qaynash temperaturasi 2850°. Olmos tipida kristallanadi. Atom radiusi 1.39 Germaniy mort, uni mexanik ishlash qiyin. Germaniy tipik yarimotkazgich. Havoda barqaror; chog holatigacha qizdirilganida oksidlanib GeO2 ga aylanadi. Germaniyga suyultirilgan xlorid va sulfat kislota tasir etmaydi. Nitrat kislota Germaniyni GeO2 ga qadar oksidlaydi. Germaniy oz birikmalarida +2 va +4 valentli boladi. 500 - 700° gacha qizdirilganda GeO va GeO2 gacha oksidlanadi. Germaniy -oksid GeO2 - kristall holdagi oq modda. 1035° gacha tetragonal panjarali a-GeO2 holatda turgun. Suyuqlanish temperaturasi 1086°, zichligi 6.277 g/sm3. 10.35° dan yuqorida a=GeO2 geksagonal panjarali, zichligi 4.280 g/sm3 bolgan 3-GeO2 ga aylanadi. Germaniy -oksid Germaniy olishda oraliq mahsulot; maxsus shishalar, sirlar, emallar, optik tolalar ishlab chiqarishda, muxim Germaniy birikmalari, germanatlar va b. olishda ishlatiladi.

Germaniy oltingugurt bilan 600-700°da GeS, 10001100° da GeS2, selen bilan 500° da GeSe hosil qiladi. Galogenlar bilan oson reaksiyaga kirishib, tetragalogenidlar beradi. Azot, kremniy, vodorod, uglerod bilan bevosita birikmaydi. Germaniy va uning birikmalari yarimotkazgich materiallar, turli xil diodlar, tranzistorlar, detektorlar, termoelektrik va termoemission materiallar, zargarlik mahsulotlari va maxsus krplamalar tayyorlashda qollaniladi.

                                     
  • va metallmaslar orasidagi holatni egallagan elementlar bor, kremniy, germaniy margimush, surma, tellur, poloniy nnpt ba zan qo llanadigan nomi. O zME
  • alyuminiy, gal - liy, indiy elementlarining atomlari yarimo tkazgichlar germaniy va kremniy kristallari tarkibida ishtirok qilganda Akseptor aralashma hosil
  • qoplamalar tayyorlashda, yarimutkazgich ishlab chiqarish da qo llaniladigan germaniy qalay, margimush, surma gidridlari olishda ishlatiladi. O zME. Birinchi
  • bilan ta minlanish sodir bo ladi. Mac, germaniy panjarasidagi to rtta valent elektronlarga ega bo lgan bitta germaniy atomi beshta valent elektronga ega bo lgan
  • yarimo tkazgich germaniy li B. juda sezgir bo ladi. O ta va o ta o tkazuvchan B. 2 - 4 K tragacha sovitiladi. Hozir eng sezgir B. germaniy va galliydan yasaladi
  • kondensator. Elektr sig imi qo yilgan kuchlanishga bog liq bo ladi. V. kremniy, germaniy va galliy arsenid asosida tayyorlanadi. Tashqi elektr maydoni V.dagi zaryadni
  • Tekeli daryosining o ng qirg og idan qo rg oshin, rux, kumush, kadmiy, germaniy konlari topildi. 1937 - yil Tekeli qo rg oshin - rux boshqarmasining qurulishi
  • olinadigan kimyoviy elementlar rubidiy, kadmiy, seziy, galliy, indiy, talliy, germaniy gafniy, vanadiy, selen, tellur, reniy guruhi. Tarqoq elementlar tabiatda
  • metallik va yarim metallmaslik xossalarini namoyon qiladigan elementlar germaniy qalay, ko rg oshin, vismut, poloniy ham bor. M. atomlarining sirtqi elektron
  • bo ladigan elektr tok kuchini kuchaytiruvchi yarim o tkazgichli asbob. F. germaniy yoki kremniyli monokristall yarimo tkazgichli plastinadan iborat unda

Users also searched:

...