Топ-100
Back

ⓘ Jihod - islomda muqaddaslashtirilgan din yolida bolgan kurash. Tarixda Turkiya, Kavkaz va Markaziy Osiyoda jihod koproq gazovot nomi bilan malum bolgan. Musulmo ..




Jihod
                                     

ⓘ Jihod

Jihod - islomda muqaddaslashtirilgan din yolida bolgan kurash. Tarixda Turkiya, Kavkaz va Markaziy Osiyoda jihod koproq "gazovot" nomi bilan malum bolgan.

Musulmonlar orasida jihod haqida turli qarashlar bor. Dastlab jihod deyilganda islomni himoya qilish va yoyish uchun kurash tushunilgan. Bazilar jihodni "kichik jihod" va "buyuk jihod" qilib ikkiga bolishadi. Ularga kora, "kichik jihod" Islomning dushmanlari deb qaralganlar bilan jang qilishdir. "Buyuk jihod" bolsa musulmonning oz nafsi bilan kurashi va manaviy barkamollik yolidagi say-harakatidir.

                                     

1. Kelib chiqishi

Jihodning kelib chiqish tarixi 624-yil boshlarida yuz bergan voqea - musulmon askarining quraysh qabilasining kichik karvoniga rajab oyida tort muqaddas oyning birida hujum qilgani bilan bogliq. Mushrik - qurayshiylar shu omilga urgu berib, Muhammad va musulmonlarni butun Arabiston boylab yomon otliqqa chiqarishga, ularga qarshi katta ittifoq tuzishga harakat qildilar. Shu kezlarda Quronning bir necha oyatlari nozil bolib, islomda birinchi bor jihodga, yani muayyan hollarda dushmanga qarshi kurash olib borishga chaqirildi. Yosh musulmon davlati Madina oz chegaralari daxlsizligini mudofaa qilish uchun kuch ishlatgan. Shu tarzda ilk islomda jihod Alloh yoliga, islom dinini yoyish maqsadiga butun kuch va imkoniyatlarni sarf qilish manosini anglatib kelgan va bazi hollarda harbiy kuch ishlatishni ham taqozo etgan. Shu manoda jihodni "muqaddas urush" deb talqin qilish odat tusiga kirib qolgan.

9-10-asrlardan jihod yangi mazmun bilan toldirildi: Alloh yolida ozni takomillashtirish tushunchasi yani manaviy jihodga tort jihod - qilich jihodi, qalb jihodi, qol jihodi va til jihodi haqidagi tasavvurlar qoshildi. Milliy ozodlik harakatlari davrida jihod goyasidan mustamlakachilikka qarshi kurashda foydalanildi. Umuman, hozirgi zamon musulmon nazariyotchilarining kopchiligi jihodni islomni tinch yol bilan yoyish, uni tashqi tazyiqdan himoya qilish uchun musulmonlarning kuch va gayratlarini safarbar etish vositasi deb tariflaydi. Motadil islom tarafdorlarining etiqodiga kora, kuch ishlatish - "kichik jihod", har bir musulmonning oz nafsi bilan kurashi va manaviy barkamollik yolidagi say-harakati esa "buyuk jihod" hisoblanadi. Oyat va hadislarga kora, jihod hech qachon biror musulmonga yoki musulmonlar yashaydigan yurtga qarshi elon qilinmaydi. Ammo tarixda bir musulmon guruh ikkinchi musulmon guruhga qarshi urush elon qilish hollari kop uchraydi.

                                     

2. Zamonaviy qarashlar

Garbiy mamlakatlarda jihod "muqaddas urush" bilan tenglashtirilishiga qaramasdan, aksar musulmonlar harbiy harakatlar jihodning kichik bolagi xolos va bunday jihod faqatgina ozini himoya qilish va nohaqlik bilan kurashish uchun qilinishi kerak deb ishonishadi. Ularga kora, ozini boshqarish va yaxshi hayot kechirish uchun qilingan ichki jihod muhimroqdir. Ammo bazi mamlakatlarda musulmon faollar islomiy hukumatlarni ornatishni istashadi va ular uchun jihod mamlakatlarining siyosiy boshliqlarini almashtirishni oz ichiga oladi. Bazi musulmonlar bolsa jihod tushunchasini ozlari Islomga zararli tasir korsatadi deb ishongan garbiy mamlakatlarda terror amaliyotlarni bajarishni oz ichiga oladi deb talqin qilishadi.