Топ-100
Back

ⓘ Astronomiya – Koinot jismlari va ularning sistemalari paydo bolishini, taraqqiyoti va tuzilishini, korinma va haqiqiy harakatlarini, kimyoviy tarkibi va fizik h ..




                                               

Geodezik astronomiya

Geodezik astronomiya - amaliy astronomiya bolimi; astronomik kuzatish natijalarini geodeziya va haritagrafiyada qollash usullarini ishlab chiqish bilan shugullanadi. Xususan, haritagrafiya ishlarida yer sirtida tayanch sifatida birorta astronomik punktni aniqlash G. a.ning eng muhim vazifalaridan hisoblanadi. Astronomik punktning geografik uzunlamasi va kenglamasi juda katta aniqlik bilan astronomik kuzatishlar yordamida topiladi. Topografik suratga tushirishlarda ham bunday punkt hisob boshi va tayanch nuqta deb olinib, undan kop yillar davomida geodezik ishlarda foydalaniladi.

                                               

Greenwich astronomiya rasadxonasi

Grinvich astronomiya rasadxonasi - Buyuk Britaniyadagi i.t. muassasasi. Grinvichda asos solingan. 1953 y.da Grinvich sh.dan 70 km jan sharqda joylashgan Xyorstmonso qasriga kochirilgan. Unda dastlab yulduzlarning orinlarini korsatuvchi yulduzlar jadvallarini tuzish va Oy harakatini aniqlash ishlari olib borilgan. 19-asrdan boshlab yulduzlar parallaksini aniqlash, Quyosh yuzini izchil fotosuratga olish, fotogeliogrammalar yordamida Quyosh yuzidagi doglar, mashallarning geliografik koordinatalarini olchash va Quyosh yuzidagi hodisalarning tabiatini organish bilan shugullanadi. G. a. r. passa ...

                                               

Infraqizil astronomiya

Infraqizil astronomiya - tolqin uzunlikning 0.0008 dan to 1 mm gacha bolgan oraligida Koinot jismlarini organuvchi fan. Spektrning ushbu sohasida t-rasi taxminan 3 K - 2500 K oraliqqa togri kelgan turli sovuq obyektlarning issiklik nurlanishi, xususan, "chaqaloq" protoyulduzlar, gazchang bulutlari, yulduzlararo fazo muhiti, sayyoralar va Quyosh sistema-sining mayda jismlari nurlanishi tadqiq qilinadi. Galaktikamizda in-fraqizil nurlanish mexanizmi, asosan, chang moddasi bilan bogliq. Mac, Galaktikamiz yadro qismidan toxtovsiz ajralib chiqayotgan nur oqimi atrofdagi chang muhitda 1012 marta ...

                                               

Greenwich

Greenwich, Birlashgan Qirollikda joylashgan shahar. Ushbu shahar Temza daryosining ong sohilida joylashgan. Aholisi 215.3 ming kishi. Shaharda Greenwich astronomiya rasadxonasi bolganligi bilan mashhur. Greenwichdan butun dunyoda vaqt va uzunlik hisobiga asos qilib olingan greenwich meridiani otadi. Shuningdek, bu yerda Milliy dengizchilik muzeyi ham mavjud.

                                               

Navoiy (krater)

Navoiy krateri - Merkuriy sayyorasidagi kraterlardan birining nomi. Koordinatlari - 59.0° shimoliy kenglik, 200° sharqiy uzunlik, diametri - 66 km. Krater Xalqaro Astronomiya Ittifoqi tomonidan ozbek shoiri Alisher Navoiy sharafiga shunday atalgan.

                                               

Geodezik asboblar

Geodezik asboblar - geodezik qidiruv va tadqiqot ishlarida hamda qurilishda qollaniladigan olchov vositalari, qurollari majmui; astronomiya-geodeziya tarmoqlarini, nivelir torlarini yasashda, planlarni suratga tushirish da, muhandislik inshootlari, radioteleskoplarning antenna qurilmalari va b.ni qurish, tiklash va ulardan foydalanishda masofalarni, burchaklarni, past-balandliklarni olchash uchun ishlatiladigan mexanik, optik-mexanik, elektr-optik va radioelektron qurilmalar va h. k. Masofalar chiziqlarning uzunliklarini olchashda polat olchash lentalari 20–50 m, invar lentalar, osma invar ...

Astronomiya
                                     

ⓘ Astronomiya

Astronomiya – Koinot jismlari va ularning sistemalari paydo bolishini, taraqqiyoti va tuzilishini, korinma va haqiqiy harakatlarini, kimyoviy tarkibi va fizik holatini, Koinotning bir butun umumiy qonuniyatlarini organuvchi fan. Astronomiya yulduzlar, sayyoralar va ularning yoldoshlarini, sayyoralararo va yulduzlararo mayda jismlar ni, gaz va chang tuman liklarini, ulardagi fizikaviy muhitni, suniy kosmik jismlarni organadi, shuningdek osmon jismlarini kuzatish natijalarini insonning moddiy hayotiy talablariga qollash usullarini ishlab chiqadi. Jumladan, vaqtni aniqlash, joyning koordinatalarini topish, sayyoralarning harakatini, suniy yoldoshlarni kuzatish asosida tekshirish va uning asosida zilzilalar qonuniyatlarini organish, kosmik apparatlarni Koinot jismlariga nisbatan oriyentirlash va boshqa qator ishlar shular jumlasiga kiradi.

                                     

1. Bolimlari

Astronomiya hozir tadqiq sohasi va usuliga kora 7 bolimga ajratiladi: astrometriya, astrofizika, radioastronomiya, osmon mexanikasi, yulduzlar astronomiyasi, kosmogoniya va kosmologiya. Bularning har biri oz navbatida bir qancha sohalarni oz ichiga oladi.

                                     

2. Tarixi

Astronomiya tarixining katta qismi kuzatish malumotlarini toplash bilan band bolgan. Miloddan avvalgi 6-asrga kelib, misrliklar va bobilliklar tajribaga asoslanib Quyosh va Oy tutilishlarini, ularning davriy takrorlanib turishini oldindan aytib bera olganlar. Pifagor asarlarida Yerning sharsimonligi haqida yozilgan, oning maktabi esa Yer va barcha yoritqichlar markaziy olov atrofida aylanadi, degan dastlabki kosmologiyalardan birini yaratdi. Aristotel olam markazida Yer bolgan sistemadir, degan goyani ilgari surdi. Miloddan avvalgi 3-asrdan boshlab yunon fanining markazi Iskandariyaga kochdi. Eratosfen gradus olchash deb nom olgan usul bilan Yerning olchamlarini aniqladi. Gipparx 1028 ta yulduzning osmon sferasidagi vaziyatlarini oz ichiga olgan va bizgacha yetib kelgan dastlabki yulduz jadvallaridan birini yaratdi. U yilning davomiyligini katta aniqlik bilan olchadi, Oygacha bolgan masofani ikki foizdan kam xato bilan aniqladi, fanga geografik koordinatalar – kenglama va uzunlama tushunchalarini kiritdi. Gipparx talimotini Ptolemeyning "Almagest" asaridan bilamiz. Ptolemey fanga olam tuzilishining geotsentrik sistemasi nomi bilan kirgan sistemani yaratdi. Unda Quyosh, Oy va sayyoralarning korinma harakati aylanalar boylab tekis harakatdan iborat, harakatsiz Yer esa olamning markaziga joylashgan, deb tushuntirilar edi. Bu sistema olamning haqiqiy tuzilishini aks ettirmasa ham oz davri uchun ilgor bolgan. Bu sistema yoritqichlarning osmondagi vaziyatlarini osha davrdagi kuzatish aniqligida oldindan aytib berish imkonini berar edi. Shu sababli, u fanda bir yarim ming yilcha yashadi. Arximednint aytishicha, olamning markazi Quyosh, uning atrofida Yer va sayyoralar aylanadi. Bu faqat 16-asrdagina ishlab chiqilgan geliotsentrik sistemani oldindan aytib berish edi.

Astronomiya bilan Turkistonda miloddan avvalgi ham faol shugullanganlar. Ularning izlari mogul va arab istilolari sababli deyarli yoq bolib ketgan. Hozirgacha saqlanib qolganlari ichida Xorazmdagi Kuy qirilgan kala misol bolib, uni yetarli darajada astronomik asbob desa boladi. Qala inshootlari yordamida vaqtni aniqlash, fasllarning kirib kelish paytini qayd etish, ekvator va ekliptika tekisliklari orasidagi burchakni olchash, yil davomiyligini aniqlash va boshqa hayot taqozo etgan amaliy masalalar hal etilgan. 8–9-asrlarda Muhammad Xorazmiy, Axmad al-Fargoniy, Abbos Javhariy, Ahmad Marvaziy va boshqa olimlar Astronomiya bilan jiddiy shugullandilar. Arab xalifaligi davrida va undan keyin Yaqin va Orta Sharq hamda Orta Osiyo olimlari Astronomiyaning rivojlanishida ham katta rol oynadilar. Qohira, Damashq, Bagdodda rasadxonalar paydo bolib, ularda Ibn Yunus, Al-Batoniy, Abu Vafo va boshqa ishlagan. Abul Vafo faqat Sharqdagina emas, hatto Garbda ham shuhrat qozongan mashhur astronomik asarning muallifidir. 10-asrda Al-Sofi birinchi bolib Andromeda tumanligita etibor berib, uning yulduzlardan farq etishini tavsiflab bergan. Abu Rayhon Beruniy Astronomiyaning hamma masalalarini oz ichiga olgan 40 ga yaqin astronomik risola yozgan. Uning qisqartirib xronologiya deb ataluvchi "al-Osar al-boqiya anil-qurun al-xoliya" "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" nomli asarida yunon, rumlik, yahudiy, arab, sugdiy va boshqa turli xalqlarning yil hisobi usullari batafsil qiyosiy bayon qilingan. Beruniy bir qancha davrlarni ozaro solishtirib tavsif qilgan va bir davrdan ikkinchisiga otishning amaliy yollarini korsatib bergan. Fanda "Hindiston", "Geodeziya" nomi bilan mashhur bolgan asarlarida Beruniy Astronomiyaning bir qancha masalalariga yaqindan yondashib, geografik koordinatalarni, Yerning olchamlarini va vaqtni aniqlash usullarini keng bayon etdi. Beruniy Aning amaliy masalalarini hal qilish jarayonida bir qancha yangi astronomik asboblarni, jumladan oz astrolyabiyasini ixtiro qilgan. Yoritqichlarning korinma harakatlarini organishda Beruniy geotsentrik va geliotsentrik sistemalar bir xil kuchga ega, degan goyat muhim fikrni ortaga tashlagan. Astronomiyada Beruniyning izdoshi Umar Xayyom edi. U koinotning cheksizligiga oid juda kop yangi goyalarni ilgari surgan. Umar Xayyom hozir qollanilayotgan Grigoriy taqvimilt ham aniq bolgan Quyosh taqvimini ishlab chiqqan. Ibn Sino ham Astronomiyaga oid asarlar yozgan. 12–14-asrlarda turkistonlik olimlar – Mahmud Chagminiy, Muhammad Najib Bakron, Abu Sulaymon Banoqatiy va boshqa olimlar Astronomiya sohalarida ijod etganlar. 14-asrda Maroga shahrida osha zamonning eng yaxshi astronomik asboblari bilan jihozlangan rasadxonada Ozarbayjonning mashhur olimi Nasriddin Tusiy ishlagan. Maroga rasadxonasida ijod qilingan qator asarlar, jumladan "Ziji Elxoniy" Yevropada va Sharqda keng tarqalgan. Oz davrining deyarli barcha masalalari bayoni bilan berilgan Astronomiyaga oid keng astronomik jadvallar sharqda "zij" deb atalgan. Astronomiyaning 15-asrdagi taraqqiyoti Samarqand yaqiniga osha zamondagi eng mukammal asboblar bilan jihozlangan ulkan rasadxona qurgan Ulugbek nomi bilan bogliq. Rasadxonaning asosiy va eng katta asbobi radiusi 40.2 m li Faxriy sekstanti edi. Samarqand astronomlari Ulugbek rahbarligida yozgan "Ziji Koragoniy" yoki "Ulugbek ziji" deb ataluvchi asosiy asar, ayniqsa, undagi 1018 yulduz vaziyati keltirilgan jadval dunyoga mashhur. "Ulugbek ziji" asosan Samarqand rasadxonasida olib borilgan kuzatishlar zaminida tuzilgan va Gipparx jadvalidan keyin yulduzlarning vaziyati ancha aniq belgilangan ikkinchi original tola jadvaldir. Ulugbekning kozga koringan safdoshlaridan Giyosiddin Jamshid Koshiy Yevropa olimlarining bir qancha kashfiyotlarini ulardan ancha il gari kora bilgan. Yevropa fanini Samarqand olimlarining asarlari bilan tanishtirishda Koshiyning xizmatlari juda katta. Samarqand rasadxonasida ijod qilgan astronomlar qatorida Ulugbekning ustozi, Sharkda "oz davrining Aflotuni" nomi bilan mashhur bolgan Salohiddin Muso ibn Muhammad Qozizoda Rumiy, shuningdek "oz davrining Ptolemeyi" nomini olgan Ali Qushchinit xizmatlari katta. Samarqand olimlarining asarlari Yevropada 1648 yildan boshlab chop qilinib kelmoqda. Osha davrda xris-tian dini mafkurasi xukmronlik qilgan Yevropada Astronomiya taraqqiyoti toxtab qolgan edi. 16-asrda Astronomiya va butun tabiatshunoslik fanlari taraqqiyotida inqilobiy kashfiyotlar qilindi. Ulardan biri mashhur polyak olimi Nikolay Kopernik nomi bilan bogliq. 1543 yilda uning "Osmon sferasining aylanishlari haqida" asari nashr qilindi. Kopernik bu asarida Quyosh sistemasi tuzil ishi haqida togri tasavvur berdi. Astronomiyaning keyingi taraqqiyoti sayyoralarning Quyosh atrofida aylanish qonunlarini kashf qilgan I. Kepler nomi bilan bogliq. Kepler qonunlari Tixo Bragenint sayyoralarni, avvalo, Marsni kop yillar davomida kuzatishlariga asoslangan. Bu davrda astronomik asboblar birmuncha takomillashdi. Yulduzlar vaziyatini optik asboblarsiz olchashda 17-asr ikkinchi yarmida polyak olimi Yan Geveliy eng katta aniqlikka erishdi. 17-asrda Astronomiyada optik asboblar qollana boshlandi. Bungacha bolgan davr osmon geometriyasi va kinematikasini organish bilan xarakterlanadi. 1609–10 yillarda italyan olimi Galileo Galiley astronomik kuzatishlarda ozi yasagan teleskopii qolladi. Galileyning kashfiyotlari Kopernik sistemasini ilmiy dalillar bilan quvvatlab, uning yanada ommalashuviga yordam berdi va Astronomiyada kosmik jismlar fizikasini organuvchi yangi bolimning manbai bolib qoldi. Galiley Oy sirtini va Venera fazalarini kuzatib, sayyora va ularning yoldoshlari tabiati Yerga oxshash degan xulosaga keldi. Teleskopik Astronomiyaning taraqqiyoti bilan bir qatorda nazariy Astronomiya ham tez rivojlandi. Bunga I. Kepler va I. Nyuton asos solgan. Nyuton butun olam tortishish qonunini ochib, osmon jismlarining turli-tuman harakatlarini tushuntirishda uning universalligini korsatib berdi. Nyutonning osmon mexanikasiga doir qonunlari osmon jismlarining massalarini aniqlash va ularning harakatiga ozaro tasirini hisobga olish imkonini berdi. Shundan boshlab nazariy Astronomiya va osmon mexanikasining taraqqiyoti jadal ketmoqda. Hisoblarga qarab Neptunning ochilishi Nyuton qonuni yordamida qilingan qator buyuk kashfiyotlarga yorqin misoldir. Astronomiyaning keyingi taraqqiyoti amaliy masalalarni hal qilishga moljallangan davlat rasadxonalarining tashkil topishi bilan bogliq. Fransiyada 1665-yil, Parij, Angliyada 1676-yil, Grinvich va Rossiyada 1692-yil birinchi rasadxonalar qurildi. Rasadxonalar zamonaviy teleskoplar bilan taminlangan bolib, ularda geografik koordinatalarni aniqlashdan tashqari, barcha astronomik hodisalar kuzatilgan. 17–18-asrlarda Astronomiyada tabiatshunoslik taraqqiyotiga kuchli tasir qilgan bir qancha kashfiyotlar qilindi. 1675-yilda O. K. Ryomer yoruglikning tarqalish tezligini Yupiter yoldoshlarining tosilishini kuzatishdan aniqladi. 1718-yilda E. Galley yulduzlarning xususiy harakatini topdi. 1725–28 yillarda J. Bradley yoruglik aberratsiyasini ochdi. 1755-yilda I. Kant "Tabiatning umumiy tarixi va osmon mexanikasi" nomli asarida birinchi bolib tabiat evolyutsiyasini tushuntiruvchi goyani muhokamaga tashladi. 1761 yilda M. Lomonosov Venera atm.sini kashf qilib, sayyoralarda ham gaz qobigi bolishi mumkinligini isbotladi. 1796-yilda P. Laplas bu goyani matematik usulda asoslab berdi. 1871 yilda V. Gershel kuzatish yoli bilan yangi sayyora – Uranni topdi. Bundan tashqari, u Quyosh sistemasining yulduzlararo harakatini kashf qildi. 1835–38 yillarda V. Y. Struve va F. V. Bessel bazi yulduzlargacha bolgan masofalarni olchadilar. 1801-yilda Italiyada D. Piatssi birinchi asteroid – Sererani kashf qildi Bu bilan kichik sayyoralarni ochish gadqiqotlari boshlab berildi. 1846-yilda U. J. Leverye Uranning orbitadan chekiiishini organib, chekinish sababchisi – Neptunning vaziyatini hisoblab chikdi. Shunga asosan I. G. Galle Berlinda Neptunii topdi. 1847-yilda V. Y. Struve yulduzlararo muhitda yoruglikning yutilishini hisoblab, Astronomiya taraqqiyotiga hissa qoshdi. 19-asr ikkinchi yarmida fotografiya, fotometriya va spektral analizning qollanishi kosmik jismlarni organish imkonini yanada kengaytirdi. Turkistonda 17–19-asrlar oraligida ham Astronomiya bilan shugullanilgan. Bunda asosan joylarning geografik koordinatalarini aniqlash va xaritalar tuzish bilan mashgul bolingan. 1873-yilda Toshkentda astronomiya rasadxonasi tashkil etiladi va unga bir qancha teleskoplar ornatiladi. Bu yerda dastlab Astronomiya bilan bir qatorda meteorologiya, geofizika, geodeziya va seysmologiya sohalarida ham tadqiqotlar olib borildi, Turkiston hududida bir necha ming joylarning aniq koordinatalari aniqlandi. Chorjoy, keyinchalik Kitob shahrilari yaqinida xalqaro kenglik stansiyasi tashkil etildi. 1966-yilda bu rasadxona zaminida Astronomiya instituti tashkil qilinib, tadqiqotlar kolami yanada kengaytirildi va zamonaviylashtirildi.

AQShda ulkan teleskoplarning ixtiro qilinishi yulduzlararo muhitni chuqurroq organish imkonini berdi. Astronomiyada yangi olingan malumotlar asosida bir qancha gipotezalar yaratildi. Arman olimi V. Astronomiya Ambarsumyan yulduzlar assotsiatsiyasi haqida goyat muhim nazariyani yaratdi. Unga kora, yulduzlar ota zich obyektlardan otilib chiqib paydo boladi. 20-asrning 30-yillarida Astronomiyaning radioastronomiya deb ataluvchi yangi tarmogi paydo bolib, dastlab yoritqichlardan keladigan radionurlarni organish yoki radiolokatsion tadqiq asosida kosmik jismlar haqida malumot ola boshlandi. Radioastronomiya ayniqsa Ikkinchi jahon urushidan song ixtiro qilingan ota sezgir radioasboblarni qollanish bilan jadal rivojlandi. Astronomiya taraqqiyotining yangi bosqichi Yer, Oy va ayrim sayyoralarning suniy yoldoshlarini, shuningdek Venera, Mars, Yupiter, Saturn va uzoq kosmosga kosmik stansiyalarni uchirish bilan bogliq. Avval astronomlar faqat kuzatish natijalaridangina foydalangan bolsalar, endilikda bevosita tajriba otkazish imkoniyatiga ega boldilar. Oyga va ayrim sayyoralarga tadqiqotchi stansiyalar qondirilib, ularning tabiatini yaqindan organish mumkin boldi.

Ozbekistonda Astronomiyaning eng ilgor sohalari boyicha tadqiqotlar olib borilgan. Keyingi chorak asr davomida ozbekistonlik astronomlar astrometriya, astrofizika, xususan, Quyosh va nostatsionar yulduzlar fizikasi, yulduzlar va Galaktika astronomiyasi, Galaktikadan tashqi astronomiya sohalaridagi tadqiqotlari bilan muhim yutuklarga erishdilar. Galaktikamizning 50 mingdan ortiq yulduzlari va ularning 20 ga yaqin todalari xususiy harakatlarini kuzatuv yordamida olchab-hisoblab topdilar, todalar tuzilishi va azolari aniqlandi. Bular asosida Galaktikamizning olchamlarini, Quyoshning Galaktikadagi ornini va uning yadrosiga nisbatan aylanish tezligini, harakat yonalishi – apeksini, shuningdek Galaktikaning qator kinematik parametrlarini aniqladilar. Yer suniy yoldoshlari uchirilgandan boshlab shu kunga qadar ularni va sayyoralarni kuzatish, tadqiq etishning barcha xalqaro dasturlarida qatnashib, etiborli ilmiy natijalarga erishiladi. 1960-yildan boshlab Xalqaro astronomiya ittifoqi tavsiya etgan 20 ta asteroidning vaziyatlari va harakatlarini tekshirib, osmonda inersial sistemani tuzish kabi xalqaro muammoga toshkentlik va kitoblik astronomlar salmoqli hissa qoshdilar. 1985–86 yillarda Ozbekiston Fanlar Akademiyasi Astronomiya instituti Toshkent Davlat Universiteti astronomlari bilan hamkorlikda Galley kometasini kuzatish boyicha Xalqaro dasturda qatnashib, kuzatuv malumotlari sifati va hajmi bilan birinchi orinni egalladilar va bu bilan uchirilgan kosmik apparatning kometa atmosferasi ichidan otishini taminladilar. Yutuklardan yana biri Qashqadaryo viloyatining Maydanak togida rasadxona qurilishi bolib, u bugungi kunda xalqaro rasadxonaga aylanishi bilan bogliq. Maydanakda bajarilgan kop yillik kuzatish ishlari asosida yulduzlarning tugilish "ochoqlari" topildi, turli nostatsionar va ozgaruvchan yulduzlar, fuorlar, zich qoshaloq yulduzlar xamda Somon yolining maxsus qismlari organilib, zarur fotometrik, spektral malumotlar toplandi va tahlil qilindi. Maydanakda bajarilayotgan kuzatuvlar AQSH, Rossiya, Ukraina, Fransiya, Germaniya, Litva va boshqa davlatlar astronomlari bilan hamkorlikda olib borilyapti. Quyosh fizikasi sohasida Quyosh doglari va boshqa qator faol elementlari, turli chaqnashlar, rentgen va radiodiapazonlardagi faol jarayonlar chuqur taxlil qilingan. Hozir esa bu sohaning gelioseysmologiya yonalishi jadal rivojlanmokda. Xususan, Toshkent viloyatining Qumbel togida Chimyon yaqinida Toshkent astronomiya institutining stansiyasi ochilib, unda Quyosh tebranishlari IRIS xalqaro dasturi doirasida kuzatilmokda. Institutning Toshkent hududida bu tebranishlar TON xalqaro dasturi boyicha zaryad yiguvchi kuchli matritsa yordamida kuzatilib tahlil qilinmoqda. Natijada Quyoshning ichki tuzilishiga oid muhim malumotlar olinmoqda. Ozbekistonda keyingi chorak asrda Astronomiya ga doir nazariy tadqiqotlar ham yolga qoyilgan. Ulardastlab 1971–81 yillarda Toshkent astronomiya institutida olib borildi, keyingi yillarda esa Toshkent Davlat Universitetida davom ettirildi. 1981 yilga kelib Toshkent Davlat Universiteti hozirgi OzMUda Astronomiya mutaxassisligi ochilib, 1987-yil Astronomiya kafedrasi tashkil etildi. Bu kafedra bugunga qadar 200 ga yaqin mutaxassis chiqardi. Nazariy tadqiqotlar, asosan, astrofizika, yulduz astronomiyasi va Galaktikadan tashqi astronomiya sohalarida olib borildi. Xususan, Galaktikamiz tojidagi korinmas massa miqdori va uning disk va sfera tashkil etuvchilari evolyutsiyasiga tasiri nochizikli nostatsionar holda analitik organildi. Halqasimon galaktikalar modeli tuzilib, ularni sinflarga ajratish usuli ishlab chiqildi. Yulduzlarning bir necha sharsimon todalari va galaktikalarning 10 dan ortiq sferik todalari uchun tezliklar anizotropiyasi parametri qiymatlari korinma zichlik funksiyasi asosida aniqlandi. Koinotning eng "qari" obyektlaridan bir turi hisoblanuvchi elliptik galaktikalarning paydo bolishi muammosi birinchi bor nazariy modellarda tadqiq qilindi. Bu nazariya natijalari ancha keyin AQSH, Hindiston va Meksika nazariyotchilari tomonidan ota kuchli kompyuter yordamida tajriba otkazish yoli bilan tasdiklandi. Hozir bunday nazariy ishlar Toshkent astronomiya institutida ham olib borilib, yuqoridagi usul spiral galaktikalarga qollanilmoqda va ularning pulsatsiya holati nochizikli nostatsionar modellari tuzilmoqla.