Топ-100
Back

ⓘ Jodugarning jiyani - C. S. Lewis tomonidan yozilgan bolalar fantasy asari. Narniya yilnomalari seriyasida oltinchi, ammo xronologiya boyicha birinchi kitob. Kil ..




                                               

Narniya yilnomalari

Siz Narniya yilnomalari:Arslon, Jodugar va Javon filmini qidirgan bolishingiz mumkin. Narniya yilnomalari - Clive Staples Lewis tomonidan bolalar uchun yozilgan yetti fantasy kitobdan iborat sikl. Ularda bolalarning Narniya nomli dunyodagi sarguzashtlari haqida soylanadi. Narniya - bu boshqa dunyodagi sehrli mamlakat, u yerda ayrim hayvonlar sozlasha oladi, sehrgarlik hech kimni hayratga solmaydi, yaxshilik esa doimo yomonlikka qarshi kurashadi. Narniya yilnomalari yosh oquvchilarga tushunarli tarzda bayon etilgan xristian goyalariga kopgina ishoratlarni saqlaydi Clive Staples Lewis Oksfor ...

                                               

Aslan

                                     

ⓘ Jodugarning jiyani

Jodugarning jiyani - C. S. Lewis tomonidan yozilgan bolalar fantasy asari. Narniya yilnomalari seriyasida oltinchi, ammo xronologiya boyicha birinchi kitob. Kilmerlar oilasiga bagishlangan.

                                     

1. Qisqacha mazmuni

Polly Plummer Londonda, Digory Kirke kochib kelgan uyning yonida yashaydi. Digoryning onasi kasalmand, shuning uchun u birmuncha gayrioddiy amakisinikida yashashga majbur. U nega amakisining ishlaydigan xonasiga kirish mumkin emasligini tushunmaydi, bir kuni esa Polly bilan birga osha yerga kirib qolishadi. Uning amakisi Andrew ishi yurishmaydigan jodugar bolib chiqadi, ammo u qiziqarli kashfiyot qiladi - ularga tekkan istalgan insonni bizning olamimizdan boshqa yoqqa olib boruvchi sariq va yashil uzuklarni yaratadi. Uzuklar aynan qayerga olib borishini Andrew Ketterley bilmaydi. Shuning uchun u hiyla bilan Pollyga uzukni oldirtiradi, Digory esa ozi bilan ikki juft uzuk olib uning ketidan borishga majbur boladi.

Bolalar Olamlar-orasidagi-ormonga borib qolishadi, u yerda vaqt deyarli oqmaydi va inson ozini anglay olmaydi. Olamlar-orasidagi-ormonda juda kop kollar boladi, har bir kol xuddi bizning dunyoga oxshash alohida olamga olib boradi. Qiziqish tufayli ular birinchi uchragan dunyoga yol oladilar, bu dunyoning nomi Charn boladi. Charn - yo shahar, yo dunyo - deyarli bom-bosh, ammo qachonlardir unda hayot bolgan. Digory va Polly tasodifan yagona tirik inson - shafqatsiz va qudratli Malika Jadisni topishadi. Vasvasaga tushgan Digory Polly bilan unga kopgina noxushliklar keltirishini bila turib, Jadisni uygotadi. Bolalar bilan birga jodugar 20-asr Londoniga tushib qoladi.

Aniq boladiki, bu olamda Jadis sehrni ishlata olmaydi, ammo uning butun jismoniy kuchi saqlanib qoladi. Jadis va unga mahliyo bolgan Andrew amaki "shaharni talashga" otlanishadi. Bu vaqtda Polly va Digory uni bizni dunyodan Olamlar-orasidagi-ormonga qaytarish yollarini oylashadi. Shuning uchun ular uyga qaytganida bolalar pistirmada otirishgan boladi. Tos-topolonda Jadis va bolalar bilan birga Andrew amaki hamda tasodifan yonligida bolgan cabman va uning oti bizning dunyodan goyib bolishadi. Shunday qilib ular endigina yaratilayotgan yangi dunyoga tushib qolishadi. Dunyo qoshiq bilan yaratiladi. Avval yer paydo boladi, keyin osmon va yulduzlar, Quyosh va osimliklar, undan song gapiruvchi hayvonlar va ertak mavjudotlari yaratiladi. Bu qoshiqni aytayotgan jonzot korinadi - bu qudratli va savlatli arslon boladi. Qoshiq jaranglayotgan mahal dunyo jonga kirib kengayadi, hatto Londondan Jadis olib kelgan fonar ustunining bolagidan Fonar ustuni osib chiqadi.

Aslan bolalar bilan muloqotga kirishib, Narniya haqida, "Odam Ato va Momo Havvoning ogli" jodugarni bu yerga olib kelgani sababli Narniyaga yovuzlik kirib kelganligi va shuning uchun ular yovuzlikka qarshi kurashishda yordam berishlari zarurligini aytib beradi. Buning uchun Aslan Polly va Digoryni shunday bir bogga yuboradiki, u yerdan olib kelingan olmadan Narniyani kopgina kulfatlardan himoya qila oladigan daraxt osib chiqadi. Bolalar qanotli otda yolga chiqqanlaridan song, u Londonlik cabmanni Narniyaning qiroli etib saylaydi, uning ismi Narniya Qiroli Frank boladi, song Aslan bizning dunyodan cabmanning xotini Helenni chaqirib oladi va uni qirolicha qilib saylaydi.

Bu paytda Polly va Digory oz maqsadlari: Abadiy Yoshlik Olmalari osuvchi bogga yetib borishadi. Bu yerda Digoryni sinov kutadi: u ozi uchun olmaga kelgan va uni yeb bolgan Jadisni uchratadi. Endi u Digoryni bir olmani ozi uchun yoki kasalmand onasi uchun olishga undaydi.

Digory bu taklifni rad etadi. U Aslan uchun yagona olmani uzadi. Va shunday qilib ekilgan olmadan Jadisdan yana kop yuz yilliklar himoyalovchi daraxt osib chiqadi. Va shu daraxtdan bir olma Digoryga tuhfa etiladi.

Bolalar Angliyaga qaytishadi, Digoryning onasi tuzaladi. Olmadan qolgan pochoqdan boshqa daraxt osib chiqadi, albatta u Narniya daraxti singari ota mojizali emas edi. Ammo, keyinchalik daraxt qulaganidan song Digory u paytga kelib professor Kirke undan kiyim javonini yasashga buyurtma beradi. Va bu javon - endi boshqa tort bolakayni - Narniyaga, yangi sarguzashtlarga olib boradi. Bularning hammasi yilnomalarning keyingi kitobi: "Arslon, Jodugar va Javon"da sodir boladi.