Топ-100
Back

ⓘ Said otaliq madrasasi - Denov markazida ikki qavatli qilib qurilgan madrasa. XVI asrda, Shayboniylar hukmronligi davrida, Buxorolik memor usta Ahmad Mamat Buxor ..




Said otaliq madrasasi
                                     

ⓘ Said otaliq madrasasi

Said otaliq madrasasi - Denov markazida ikki qavatli qilib qurilgan madrasa. XVI asrda, Shayboniylar hukmronligi davrida, Buxorolik memor usta Ahmad Mamat Buxoriy boshchiligida islom dini arbobi - Hazrat Xoja Alouddin Attorga atab qurilgan. Buxoroning yirik madrasalari qurilishi uslubida barpo etilgan. Mazkur shakldagi madrasa Surxondaryo viloyatida yagonadir. Denovning Mustaqillik kochasida joylashgan. Hozirda madrasa ayanchli ahvolga kelib qolgan bolib, qulash arafasida.

                                     

1. Tarixi

Tuhfat az-zoiriyn "da aytilishicha, Hazrat Xoja Alouddin Attor shayx, naqshbandiya tariqati shayhlari oltin zanjiri ketma-ketligi hisobida - on yettinchisi bolib, Bahouddin Naqshbandning vorisi, muridi, kuyovi bolgan. U kishining ikki halifalaridan biri hisoblangan. Hazrat Xoja Alouddin Attor Chagoniyon viloyatiga 1389 - 1396-yillarda oilasi bilan kelib qolgan va milodiy 1400-yil 18-martda Denovda vafot etgan. Sarmozor ota degan joyda dafn qilingan. Bu yer hozirda "Shayx Attor Valiy" yoki "Ostona buva" deb ataladi. Qabristonda Xoja Alouddin Attorning keyingi avlodlari, jumladan, uning ogli - Shayx Hasan Attoriy, nevarasi Xoja Yusuf Attor ham dafn etilgan.

Manbalarga kora, Said otaliq madrasasi, Hazrat Xoja Alouddin Attorga atab, uning ogillari va nevaralari tomonidan 26 yil davomida qurilgan. Buxoro inqilobidan oldin madrasada 400 ga yaqin talaba tahsil olgan, ularga 33 mudarris saboq bergan. Shorolar tuzimi davrida madrasa yopib qoyilgan. 1956 - 1960 va 1972 - 1973-yillarda Ozbekiston SSR olimlari tomonidan ilmiy organilgan. 1991-yildan, Hoji Luqmonxon Haydarxon ogli tashabbusi bilan madrasada talabalarning 4 yillik oqitilishi boshlangan. Bugungi kunda madrasaning orta maxsus islom bilim yurti sifatidagi faoliyati toxtatib qoyilgan. 2018 - 2019-yillardagi xabarlarga kora, madrasa binosi ayanchli ahvolga kelib qolgan, qulash arafasida bolgan. Madrasa, 2019-yilda tasdiqlangan "Moddiy madaniy merosning kochmas mulk obektlari" milliy royxatiga kiritilib, unda hunarmandchilik markazi barpo etish rejalashtirilgan. 2020-yilda binoni saqlab qolish va uning infratuzilmasini takomillashtirish boyicha chora tadbirlar ishlab chiqilgan bolib, ularning ijro muddati etib 2021 yilning mart - aprel oylari belgilangan.

                                     

2. Memorchiligi

Madrasasining memorchilik uslubi tartibi oz davrida belgilangan ananalarga mos ravishda barpo etilgan. Bino hovlisi ikki qavatli qurilgan katta-kichik hujralardan tashkil topgan bolib, peshtoq ortida miyonsaroy, uning ikki yonida esa masjid va darsxona joylashgan. Madrasa burchaklariga esa guldastalar ishlangan. 40x29.5 metr tarxli hovlisidagi peshayvonlar soni 2 ta. Madrasa poydevorining chuqurligi 5.5 metr. Tomi balxi gumbazli. Hujra derazalariga ganchdan panjaralar ishlangan.

                                     

3. Adabiyotlar

  • Аскаров Ш. Д., Генезис архитектуры Узбекистана - Т. 2014.
  • Пугаченкова Г. А., Ремпель Л. И., История искусств Узбекистана с древнейших времён до середины девятнадцатого века - Т. 1965.
  • Аршавская З. А., Ртвеладзе Э. В., Хакимов З. А., Средневековые памятники Сурхандарьи - Т., 1982.