Топ-100
Back

ⓘ Shuhrat Abbosov – ozbek aktori, rejissori va ssenariy yozuvchisi. Abbosov ozbek kino sanatining asoschilaridan biri hisoblanadi. Abbosov shu kungacha bir qancha ..




                                     

ⓘ Shuhrat Abbosov

Shuhrat Abbosov – ozbek aktori, rejissori va ssenariy yozuvchisi. Abbosov ozbek kino sanatining asoschilaridan biri hisoblanadi. Abbosov shu kungacha bir qancha nufuzli unvon va mukofotlarni olgan. U Ozbek SSR xalq artisti, SSRI xalq artisti va Mehnat qahramoni unvonlarini olgan. Abbosovning "Mahallada duv-duv gap" filmi eng yaxshi ozbek filmlaridan biri hisoblanadi.

                                     

1. Hayoti

Shuhrat Abbosov 1931-yil 16-yanvarda Qoqonda tugilgan. 1949-yil Toshkent tibbiyot kasb-hunar bilim yurtini bitirgan. 1954-yil Aleksandr Ostrovsky nomidagi Toshkent davlat sanat institutini bitirgan. Shu institutda professor 1983-yildan, kafedra mudiri 1991-yildan bolib ishlagan. 1954-1956-yillarda Mannon Uygur nomidagi viloyat musiqali drama teatrida Yangiyolda bosh rejissor bolib faoliyat yuritgan. Keyinchalik Moskvaga borib Mosfilmda ham tahsil olgan. Abbosov 1958-1991-yillar "Ozbekfilm" da rejissor bolib ishlagan, 1982-1986-yillarda direktor bolib ishlagan. Abbosov 1996-yildan boshlab Ozbekiston kino arboblari birlashmasining rais muovini bolib ishlagan. 2018-yil 25-aprelda buyrak yetishmovchiligi tufayli 87 yoshda vafot etdi

                                     

2. Ijodi

Shuhrat Abbosov bir qancha filmning rejissoridir. U Aleksandr Naumov II bilan 1977-yil chiqqan Gafur Gulomning shu nomli qissasiga asoslanib olingan "Shum bola" filmiga ssenariy yozgan. "Mahallada duv-duv gap" kinokomediyasi 1960 ilk yutugi boldi. Abbosov Ikkinchi jahon urushi yillari ota-onasiz qolgan turli millatga mansub 14 bolani tarbiyalagan toshkentlik Shomahmudov oilasining jasorati haqidagi "Sen yetim emassan", odob-axloq haqidagi "Qalbingda quyosh" 1965 filmlariga rejissorlik qilgan. "Toshkent - non shahri", ""Sevgi dramasi" filmlari bilan eng yaxshi kinorejissor sifatida tanildi.

Tarixiy-biografik mavzuda "Abu Rayhon Beruniy", "Olovli yollar" Hamza hayotiga bagishlangan 17 qismli telefilm, 1975-1984, urush yillari front ortidagi qiyinchiliklar haqida hikoya qiluvchi "Katta urushdagi kichik odam" 1989 filmlari ham mashhur.

Mustaqillik Abbosiv ijodida burilish yasadi. 14 qismli "Kamolot choqqisi sari" hujjatli 1995 va 2 qismli "Otamdan qolgan dalalar" badiiy ssenariysini M. Toychiyev bilan hamkorlikda yozgan, 1998 filmlarni yaratdi.

Abbosov teatr uchun bir qancha asarlarni sahnalashtirgan. U "Yurak sirlari" B. Rahmonov, "Nurxon" Komil Yashin, "Ogriq tishlar" Abdulla Qahhor kabi pesalarni sahnalashtirgan.

                                     

3. Unvon va mukufotlari

Shuhrat Abbosov koplagan unvon va mukofotlar sovrindoridir. 1965-yil unga Ozbekistonda xizmat korsatgan sanat arbobi unvoni berilgan. 1974-yil Abbosov Ozbekiston xalq artisti unvonini olgan. 1974-yil unga Hamza nomidagi Ozbekiston Davlat mukofoti berilgan. Abbosovga 1981-yil nufuzli SSRI xalq artisti unvoni berilgan. Abbosov 1994-yil "Shuhrat" medali, 1998-yil "El-yurt hurmati" ordeni bilan taqdirlangan.

                                     

4.1. Filmografiyasi Rejissor sifatida

  • "Olovli yollar” Ruscha: "Огненные дороги" 1978–1984 Serial
  • Ruscha: "Борющийся Туркестан" 1984 13-14- epizodlar
  • Ruscha: "Моя республика" 1984 15-17- epizodlar
  • "Mahallada duv-duv gap" Ruscha: "Об этом говорит вся Махалля" 1960
  • "Sen yetim emassan" Ruscha: "Ты - не сирота" 1962
  • Ruscha: "Певец революции" 1982 9-12- epizodlar
  • Ruscha: "Филиппинец и пьяный" 1958 qisqa film
  • "Abu Rayhon Beruniy film” Ruscha: "Абу Райхан Беруни" 1974
  • "Toshkent – non shahri film” Ruscha: "Ташкент - город хлебный" 1967
  • Ruscha: "Прозрение" 1965
  • Ruscha: "Драма любви" 1971
  • Ruscha: "Сердце поэта" 1978 1-4- epizodlar
  • "Vasisualiy Loxankin" Ruscha: "Васисуалий Лоханкин" 1959 qisqa film
  • "Katta urushdagi kichkina odam” Ruscha: "Маленький человек в большой войне" 1989
  • "Otamdan qolgan dalalar” Ruscha: "Отчие долины" 1997


                                     

4.2. Filmografiyasi Aktyor sifatida

  • Ruscha: "Птицы наших надежд" 1976 kinoda nomi korsatilmagan
                                     

4.3. Filmografiyasi Ssenariychi sifatida

  • "Olovli yollar” Ruscha: "Огненные дороги" 1978–1984 Serial
  • "Shum bola” Ruscha: "Озорник" 1977
  • Ruscha: "Моя республика" 1984 15-17- epizodlar
  • "Abu Rayhon Beruniy” Ruscha: "Абу Райхан Беруни" 1974
  • "Vasisualiy Loxankin" Ruscha: "Васисуалий Лоханкин" 1959 qisqa film
  • Ruscha: "Певец революции" 1982 9-12- epizodlar
  • Ruscha: "Борющийся Туркестан" 1984 13-14- epizodlar
  • Ruscha: "Драма любви" 1971)
  • Ruscha: "Сердце поэта" 1978 1-4- epizodlar
  • "Otamdan qolgan dalalar” Ruscha: "Отчие долины" 1997
  • Ruscha: "Счастье мое, ты оплачено кровью" 1993