Топ-100
Back

ⓘ Takasur surasi - Quronning 102-surasi. Makkiy suralardan biri, 8 oyatdan iborat. Bu sura Quronning 600-sahifasida va 30-juzida joylashgan. 16-bolib nozil bolgan ..




Takasur surasi
                                     

ⓘ Takasur surasi

Takasur surasi - Quronning 102-surasi. Makkiy suralardan biri, 8 oyatdan iborat. Bu sura Quronning 600-sahifasida va 30-juzida joylashgan. 16-bolib nozil bolgan. Takosur - toplab kopaytirish ishtiyoqida bolmoq demakdir. Surada mol-dunyo toplash harakati bilan ovora bolib, Allohni yod etish va Uning buyruqlarini bajarishga vaqt topolmay qolgan dunyoparast kishilar qoralanadi. Lekin ular haqiqatni bilib, chuqur idrok etganlarida bunday qilmasliklari, dunyoparastlik oqibatini esa yaqinda, yani, hayotdan koz yumgach hamda oxiratdagi jazoni muqarar ekanini bilganlaridan keyingina anglashlari, shuningdek, osha kuni ato etilgan nematlardan hisobot olinishi togrisida ogohlantiriladi.

                                     

1. Asosiy mavzusi

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan boshlayman.

1. Ey, insonlar, sizlarni mol-dunyo kopaytirish Allohga ibodat qilishdan mashgul qildi.

2. Hatto maqbaralaringiz kopligi bilan faxrlanishgacha bordingiz.

3. Yoq! Yaqinda buni oqibatini bilursizlar.

4. Yana bir bor yoqki, yaqinda bilursizlar!

5. Yoq! Agar dunyoparastlik oqibatini aniq ilm bilan bilganingizda edi uni dost tutmas edingiz.

6. Qasamki, albatta, sizlar dozaxni korasizlar!

7. Yana bir bor qasamki, sizlar uni ayni ishonch bilan korasizlar!

8. Songra ana osha Kunda, albatta, sizlarga ato etilgan barcha nematlar togrisida soroq qilinursizlar!