Топ-100
Back

ⓘ Atsetilen etin - C 2 H 2 - uch bogli toyinmagan uglevodorodlarning eng oddiy vakili. Mol. m. 26.04. Rangsiz gaz. Suyuqlanish temperaturasi - 81°. Qaynash temper ..




                                     

ⓘ Atsetilen etin

Atsetilen etin - C 2 H 2 - uch bogli toyinmagan uglevodorodlarning eng oddiy vakili. Mol. m. 26.04. Rangsiz gaz. Suyuqlanish temperaturasi - 81°. Qaynash temperaturasi - 83.8 ye. Toza Atsetilen hidsiz. Atsetilen yuqori bosim ostida qizdirilsa portlaydi, havo bilan aralashmasi ham portlashi mumkin. Atsetilen kalsiy karbidga suv tasir ettirib olinadi. U yuqori temperaturada chala oksidlab va elektr kreking yordamida metandan ham hosil qilinadi. Atsetilen kimyoviy reaksiyalarga juda yaxshi kirishadi. U birikish reaksiyasiga kirishganda, reaksiya ikki bosqichda boradi, birinchi bosqichda etilen qatoriga kiruvchi birikmalar hosil bolib, ikkinchi bosqichda bular toyingan birikmalarga aylanadi. Atsetilenni xlorlash reaksiyasidan foydalanib, sanoatda kop ishlatiladigan geksaxloretan va trixloretilen kabi muhim birikmalar olinadi. Atsetilenga simob tuzlari ishtirokida suv molekulasining birikishi natijasida atsetaldegid hosil boladi yoki Atsetilen katalizator ishtirokida polimerlansa, kauchuk ishlab chiqarishda xomashyo vazifasini otaydigan vinilatsetilen olinadi. Atsetilen toyinmagan birikma bolishiga qaramay, urin almashinish reaksiyalariga ham kirishishi mumkin. Atsetilen 1836-yilda kashf qilingan. Uni ilk bor 1862-yil fransuz kimyogari M. Bertlo komir va vodoroddan sintez qilgan. Nemis kimyogari F. Vyoler 1862-yilda Atsetilenni kalsiy karbidsan quyidagi reaksiyaga asosan olish mumkinligini korsatib berdi:

  • CaС 2 + 2H 2 O = C 2 H 2 + CaOH 2

Bu usul hozir ham texnik usullardan biri sifatida oz ahamiyatini saqlab qolgan. Sanoatda Atsetilen olishning muhim usuli tabiiy gazlarni termik krekinglashdir. Uni elektrokreking usuli bilan metanni volta yoyi orqali 1600ye da otkazib olish ham mumkin. Atsetilen yonishidan kop miqdorda issiqlik ajralib chiqqanligi uchun metallarni payvandlashda va har xil mahsulotlarni sintez qilishda ishlatiladi.

                                     
  • Atsetilen etin S2N2 uch bog li to yinmagan uglevodorodlarning eng oddiy vakili. Mol.m. 26, 04. Rangsiz gaz. Suyuqlanish temperaturasi 81 1277 mm
  • o xshab nomlanadi: CH C - etinil Alkinlarning gomologik qatori: Etin atsetilen C2H2 Propin: C3H4 Butin - 1: C4H6 Pentin - 1: C5H8 Geksin - 1: C6H10 Geptin - 1:

Users also searched:

...