Топ-100
Back

ⓘ Badiiy buyumlar – chiroyli shakllarda bezatib ishlangan, turli maqsadlarda foydalaniladigan nafis buyum va zeb-ziynatlar. Uy-rozgor anjomlari, kiyim-kechak, meh ..




                                     

ⓘ Badiiy buyumlar

Badiiy buyumlar – chiroyli shakllarda bezatib ishlangan, turli maqsadlarda foydalaniladigan nafis buyum va zeb-ziynatlar. Uy-rozgor anjomlari, kiyim-kechak, mehnat qurollari, badiiy gazlama, gilam, palos, sozana, qurol-aslaha, mebel kabi moddiy madaniyat asarlari, tasviriy sanat, amaliy sanat, bezak sanati mahsulotlarini oz ichiga oladi. Bazi mamlakatlar oz B. B.i bilan mashhur. Jamiyat taraqqiyoti B. B. tayyorlash usuli ni ham takomillashtirdi, badiiy hunarmandlikning yangi sohalari ni yuzaga keltirdi. Ozbekiston hududida B. B. ishlab chiqarish 20-asrning 20-yillaridan keng yolga qoyila boshlandi. 60-yillardan mazmunan boyidi, turlari kopaydi; ananaviy B. B. qardosh xalqlar yaratayotgan mahsulotlar hisobiga ham boyimoqda. Badiiy sanoatning rivojlanishi B. B. ishlab chiqarish kolamini yanada kengaytirdi va rivojlantirmoqda.