Топ-100
Back

ⓘ Badiiy korgazmalar – sanat asarlarini ommaviy namoyish etish shakli. Korgazma maxsus qurilgan yoki moslashtirilgan binolar da uyushtiriladi. Tomoshabinni asarla ..




                                     

ⓘ Badiiy korgazmalar

Badiiy korgazmalar – sanat asarlarini ommaviy namoyish etish shakli. Korgazma maxsus qurilgan yoki moslashtirilgan binolar da uyushtiriladi. Tomoshabinni asarlar bilan tanishtirishning asosiy shakllaridan, bazan sanat asarlari savdosini uyushtirish maqsadida ham tashkil etiladi. Badiiy korgazmalarning xalqaro, milliy, mintaqaviy turlari farqlanadi; Kochma va turgun, doimiy yoki davriy, bir kishining ijodidan yoki malum guruh, maktab, yonalish, davr, mamlakat sanati namunalaridan iborat bolishi mumkin. Korgazmaga qoyilayotgan asarlar avvaldan tayinlangan kishilar yoki hayat azolari tomonidan tanlab olinadi. Badiiy korgazmalar qomitasi sanat asarlarini jamlash, ularni joylashtirish, korsatkichlar tuzish va nashr ettirish, ekskursiyalar, maruzalar va boshqalarni uyushtirish kabi vazifalarni amalga oshiradi.

Badiiy asarlar dastlab Yunonistonda miloddan avvalgi 6-asrdan, Italiyada 15–16-asrlar, Gollandiya, Flandriya 17-asr va boshqalarda tomoshabinlarga korsatila boshlangan. Hozirgi mazmundagi Badiiy korgazmalar Fransiyada paydo bolgan: maxsus binolar qurilgan, rassomlar Luvr 1699da oz asarlarini namoyish etganlar, shu tarzda Parijda korgazmalar tashkil qilish boshlangan. Badiiy akademiyalar tomonidan korgazmalar tashkil qilish yolga qoyildi. 19-asrga kelib Badiiy korgazmalar uyushtirish ishlari takomillashdi. 19-asr boshlarida Parij, Londonda xalqaro korgazmalar uyushtirilgan; 19-asr 2- yarmida rasmiy Badiiy korgazmalar bilan bir qatorda norasmiy korgazmalar ham tashkil etilib, ularda salon – akademizm sanatiga realistik sanat, yangi badiiy ifoda vositalarini izlash qaramaqarshi qoyilgan.

Ozbekistonda dastlabki korgazmalar 19-asr oxiri – 20-asr boshlarida tashkil etila boshlandi. Jumladan, 1911 yil "L.L.Bure karikaturalari" korgazmasi tashkil etilgan. 1928 yilda Ozbekistonlik rassomlarning korgazmasi uyushtirildi, unga korsatkich tuzildi va nashr etildi. 1930-yillardan boshlab respublika, shahar korgazmalarini tashkil etish ananaga aylandi. Ozbekiston rassomlari xalqaro korgazmalarda ishtirok eta boshladi. Muhim sanalar Mustaqillik kuni, Navroz ayyomi va boshqalar, yubileylarni nishonlashga bagishlangan Badiiy korgazmalar tashkil etish ananaga aylandi.

Users also searched:

...