Топ-100
Back

ⓘ Bakteriyalar - bir hujayrali mikroorganizmlarning katta guruhi; shakllangan yadroga ega bolmagan mikroskopik organizmlar - prokariotlar. B.da hujayra pardasi, k ..




                                               

Denitrifikatsiyalovchi bakteriyalar

Denitrifikatsiyalovchi bakteriyalar - nitratlarning molekulyar azotgacha kaytarilishi jarayonida qatnashuvchi bakteriyalar. Asosan tuproq, suvda va suv qavzalari gruntlarida tarqalgan. Tuprokda uchraydigan denitrifikatorlarning asosiy turlari - Pseudo-monas, Bacillus, Achromobacter va Micrococcus. Barcha D. b. aeroblar, ular organik moddalarni havo kislorodi hisobiga, anaerob sharoitda esa nitratlarning kislorodidan foydalanib oksidlaydi. D.b. nitratli va nitratlarning kaytarilishida rangini ozgartiruvchi indikatorli ozuqada ostiriladi.

                                               

Bakterial kasalliklar

Bakterial kasalliklar, bakteriozlar - osimliklarda bakteriyalar qozgatadigan yuqumli kasalliklar. Bakteriyalar tasirida osimlik organizmidagi hayotiy jarayonlar buziladi, toqima va hujayralarning fiziologik funksiyasi hamda tuzilishi ozgaradi. Goza, tamaki, pomidor, kartoshka, karam, bodring, piyoz, sabzi, galla ekinlari, mevalar va tokni zararlaydi va q.x.ga katta zarar yetkazadi. Bakteriozlarning bir necha xili farqlanadi: chirish ; doglar ; kuyish ; bakterial rak ; shira oqishi. Bakteriyalar osimlik ichiga barg ogizchalari, nektar ajratuvchi bez teshiklari yoki jarohatlangan joylardan k ...

                                               

Denitrifikatsiya

Denitrifikatsiya - nitratlarning denitrifikatsiyalovchi bakteriyalar tomonidan molekulyar azotgacha kaytarilishi jarayoni. Bunda tuproqdagi nitrat, nitrit, ammiak va amin birikmalar bakteriyalar tasirida parchalanib, ulardagi azot gaz holidagi molekulyar azotga aylanadi, nitrifikatsiyaga qaramaqarshi jarayon. D.ni birinchi marta fransuz olimlari E.Gayon va G. Dyupetilar aniqlagan. Bakteriyalar nitratlarni kaytarish uchun zarur bolgan energiyani organik moddalar ning oksidlanishi natijasida oladilar, nitratlardagi kislorod esa elektron va vo-dorodning akseptori hisoblanadi. Shuningdek, olti ...

                                               

Geterotroflar

Geterotroflar, geterotrof organizmlar - ozining oziqlanishi uchun tayyor organik birikmalardan foydalanadigan organizmlar. Bu bilan G. organik birikmalarni mineral moddalar karbon, azot, oltingugurtdan sintez qiladigan avtotroflarvyan farq qiladi. G.ga deyarli barcha hayvonlar va odam, zamburuglar, bakteriyalar, ayrim parazit osimliklar kiradi.

                                               

Zardob

Zardob, zardoblar - yuqumli kasalliklarning yoki mikroblar va hayvonlar zaharidan zaharlanishning oldini olish va davolash maqsadida organizmga yuboriladigan modda. Z.ni ilon, qoraqurt, chayon, shuningdek, boshqa zaharli hayvonlar zahariga qarshi qollash muhim ahamiyatga ega. Bunday hollarda 3. birdanbir shifobaxsh vosita hisoblanadi. Viruslar va bakteriyalar keltirib chiqaradigan infeksion kasalliklar diagnostikasida 3. keng qollaniladi.

                                               

Dezaminlanish

Dezaminlanish - organik birikmalar molekulasidan amin guruhining ajralib chiqish jarayoni. D. da NH2 guruhi boshqa guruhlar bilan almashinadi yoki qoshboglar hosil boladi. Biokimyoviy D. maxsus fermentlar ishtirokida boradi. Bir necha tur D. mavjud: oksidlanuvchi D. aminokislotalarning tirik organizmda parchalanishi nati-jasida roy berib, ajralib chiqqan aminoguruhlar orniga tegishli keto-kislotalar hosil boladi. Jarayon aminokislotalarning oksidaza fermentlari ishtirokida kechadi. Organizmda aminokislotalar dekarboksillanganda hosil boladigan aminlar ham oksidlanish yoli bilan dezaminlana ...

Bakteriyalar
                                     

ⓘ Bakteriyalar

Bakteriyalar - bir hujayrali mikroorganizmlarning katta guruhi; shakllangan yadroga ega bolmagan mikroskopik organizmlar - prokariotlar. B.da hujayra pardasi, kop miqdorda dezoksiribonuklein kislota, sodda yadro bor. Mitoxondriy va xloroplastlar odatda, bolmaydi, yadroning xromosomalari va qobigi kozga korinmaydi. B. kondalangiga bolinish yoli bilan kopayadi. B.ning kop turi tayoqcha shaklida boladi. Biroq sharsimon, ipsimon yoki buralgan shaklli mikroorganizmlar ham B.ga kiradi. B.ning fiziologik xususiyatlari nihoyatda xilma-xil, ular biokimyoviy jihatdan juda faol. B. tuproqda, suvda, suv havzalari zaminida va boshqajoylarda tarqalgan. Ular yagona bir guruh bolmay, har xil yollar bilan vujudga kelgan organizmlardir. Bazi B., kok-yashil suvotlarga yaqin, ayrim B. esa nursimon zamburuglar - aktinomitsetlar bilan urugdosh; spiroxetalar va boshqa bazi B. bir hujayrali sodda hayvonlarga oxshaydi. B.ning kattakichikligi, shakli, tuzilishi, harakatchanligi har xil. Sharsimon B.ning diametri, odatda, 1 - 2 mkm, tayoqcha shaklidagilarining yogonligi 0.4 dan 0.8 mkm gacha, uz. 2 - 5 mkm boladi. Bazan juda yirik B. ham uchraydi. Mas, Thiophysa macrophusaHHHr diametri 20 mkm; juda mayda B. ham bor. Ayrim B., shu qadar maydaki, hatto bakterial filtrdan ham otib ketadi. Sharsimon B. kokklar deb ataladi. Agar kokklar kondalangiga bolinish yoli bilan kopaysa va bolingandan keyin bir-biriga qoshilganligicha qolib zanjir hosil qilsa, streptokokklar deyiladi. Hujayralar uchta ozaro tik yonalishda bolinsa, hujayralar xaltachasi ni hosil qiladi, bunday shakl sarsinalar uchun xos. Kokklar har xil yonalishda bolinsa, hujayralarning uzum boshining gujumi shaklidagi toplami hosil boladi, bunday shakl stafilokokklarga taalluqli. Sporalar hosil qiladigan tayoqchasimon B. batsillalar deyiladi. Tayoqchasimon B.ning uchlari tekis "qirqilgan" yoki dongroq bolishi mumkin. Bular alohida yoki, bazan, zanjir shaklida joylashadi. Uzun ip hosil qiladigan ipsimon bakteriyalar, asosan, suvda yashaydi. Vergul shaklidagi B. vibrionlar, yogon spiralsimon buralganlari spirallar, bir nechta bir xildagi ingichka buramalilari spiroxetalar deyiladi. Elektron mikroskopda qaralganda B.ning hujayra pardasi bir necha qavat ekanligi korinadi. Uning tarkibiga muramin kislota, aminokislotalar, lipidlar, glyukozamin va boshqa birikmalar kiradi. Hujayra pardasi ostida iitoplazmatik membrana bor, shu membrana moddalar almashinuvida muhim rol oynaydi. Sitoplazmada ribosomalar bolib, ular tarkibiga RNK kiradi. B. hujayrasida DNK iplari bor, ular qobiqsiz yadro, yani nukletoid hosil qiladi. B. yuqori temperaturaga, odatda, chidamsiz, quritish, oftob, har xil kimyoviy moddalar B.ni oldiradi. B. sovuqqa juda chidamli, shu tufayli tuproqda qishlab chiqa oladi. B.ning kopi oval yoki yumaloq shaklli sporalar hosil qiladi. B. sporalari yuqori temperatura va zaharli moddalar tasiriga juda bardoshli. Sporalar qulay muhitga tushganda ulardan tayoqchasimon yoki vegetativ hujayralar paydo boladi. B.ning rivojlanish sikli har xil. Mas, mikobakteriyalar bolinish yoli bilan ham, kurtaklanish yoli bilan ham kopayadi. Miksobakteriyalarning vegetativ hujayralari qisqaradi va kichrayib, yumaloq yoki oval shaklli mikrotsistalar hosil qiladi. Kopchilik B. organik moddalarni, bazilari anorganik moddalarni oksidlash yoli bilan energiya oladi. Faqat kislorodli muhitda yashay oladigan B. aeroblar, kislorodsiz muhitda yashaydigan B. anaeroblar deyiladi. Aerob nafas olish vaqtida organik birikmalar oksidlanib, karbonat angidrid ajralib chiqadi. Anaerob sharoitda organik birikmalarning parchalanishi va bunda energiya ajralib chiqishi bijgish deyiladi.

Tabiatda va xalq xojaligida B.ning ahamiyati juda katta. B. tirik xujayralar tarkibiga kiradigan hamma kimyoviy elementlarning tabiatda aniqlanishida ishtirok etadi. Osimlik va hayvon qoldiqlari sellyuloza, pentozalar, kraxmal, pektin moddalar va boshqalarni ozlashtira oladigan mikroorganizmlar ishtirokida parchalanib, pirovardida karbonat angidrid bilan suvga aylanadi. Tabiatda azot aylanishida ham mikroorganizmlarning roli katta. Hayvonlar oziga zarur azotli birikmalarni osimlik oqsillaridan hosil qiladi. Hayvon va osimlik oqsillari B. tasirida minerallashib, avval ammiakka, keyin nitrit va nitratlarga aylanadi. Ammoniyli tuzlar ham, nitratlar ham yuksak osimliklar uchun oziq boladi, ular shu tuzlardan foydalanib, oz tanasida oqsil hosil qiladi. B. boshqa biogen elementlarni ham minerallashtiradi. Ular organik fosfor birikmalarini parchalab, suv havzalari va tuproqda fosforning mineral birikmalarini kopaytiradi. B. tasirida oltingugurtning organik birikmalari ham minerallarga aylanadi. B. genetika, biofizika, kosmik biologiya va boshqa sohalarga oid umumiy masalalarni hal qilish uchun eng yaxshi obyektdir. B. kulturasidan aminokislotalar, vitaminlar va antibiotiklarni miqdor jihatidan aniqlashda foydalaniladi. Tuproq unumdorligi B.ning hayot faoliyatiga bogliq. Pektin moddalarni bijgitadigan B. yordamida zigir, kanop va boshqa tolali osimliklar ivitiladi. Sutdan qatiq, sariyog, pishloq va boshqa mahsulotlar tayyorlashda ham B.ning har xil turlaridan foydalaniladi.

Sanoatda B.ning tegishli turlari yordamida kraxmalli yoki boshqacha xom ashyodan sut laktat kislota, atseton, etil spirt, butil spirt va boshqa spirtlar, dekstrin, diatsetil, antibiotiklar, vitaminlar, aminokislota va boshqa olinadi.

B.dan ferment preparatlari tayyorlashda ayniqsa kop foydalaniladi. Shu bilan birga, B.ning kopgina turlariga qarshi kurash olib borishga ham togri keladi, chunki ular don-dun va boshqa masalliqlarni, har xil xom ashyo, material va buyumlarni buzadi. Odam va hayvonlarda uchraydigan kopgina kasalliklar ni B. paydo qiladi.

Odam va hayvonlarda kasallik qozgatadigan B. patogen B. deb ataladi. Fitopatogen B. yovvoyi osimliklarda ham, ekinlarda ham kopgina kasalliklarni vujudga keltiradi. Kasallik qozgatadigan B.ga qarshi aseptika va antiseptika choralari koriladi, shuningdek, bakteriostatik va bakteritsid moddalar ishlatiladi.

                                               

Gnotobiotika

Gnotobiotika, gnotobiologiya - eksperimental biol.ning bir tarmogi; mikroorganizmlar, gelmintlar va b. parazitlardan xoli lab. hayvonlarini yetishtirish bilan shugullanadi.