Топ-100
Back

ⓘ Balneoterapiya - tabiiy va suniy tayyorlangan mineral suvlar bilan davolash. Bemorlarga buyuriladigan mineral suvning fizikkimyoviy xossasi va tarkibi har xil b ..




Balneoterapiya
                                     

ⓘ Balneoterapiya

Balneoterapiya - tabiiy va suniy tayyorlangan mineral suvlar bilan davolash. Bemorlarga buyuriladigan mineral suvning fizikkimyoviy xossasi va tarkibi har xil boladi. Undagi gazlar, tuz eritmalari, mikroelementlar va boshqa moddalar odam organizmiga fiziologik va shifobaxsh tasir qiladi. Mineral suv, asosan, vanna sifatida va ichish uchun buyuriladi. Undan foydalanishda umumiy va mahalliy vannalar, dush, basseynlarda chomilish, ogiz, burun, tomoqni chayish, ingalyatsiya, meda-ichaklarni yuvish kabi usullar keng tarqalgan. Mineral suvlarning shifobaxshligi ular tarkibida karbonat angidrid, vodorod sulfid, azot, radioaktiv modda - radon va boshqa mineral tuzlar borligiga asoslangan. Mineral suvli vannalar organizmdagi fiziologik va biologik jarayonlarga teri reseptorlari, nafas yollaridagi reseptorlar orqali mexanik, termik, kimyoviy va radiatsion tasir korsatadi. Gazli mineral suv vannalari tarkibidagi kimyoviy birikmalar va pufakchalar teri orqali koproq tasir etadi. Mineral suv ichilganda meda-ichak yolining shilliq pardasiga temperaturasi, mineral moddalari va gazlari bilan tasir korsatadi. U ovqatdan bir oz oldin ichilsa, medadan shira chiqishi tezlashadi, 1 - 2 soat ilgari ichilganda esa sekinlashadi. Shuning uchun medadan shira chiqishi kamayganda ovqatdan bir oz oldin, oshib ketganda esa ovqatdan 1 - 1.5 soat ilgari ichiladi. Mineral suv meda-ichak faoliyatigagina emas, balki butun organizmdagi moddalar almashinuviga, qon aylanishiga tasir qiladi. Issiqsuv tomir urishini tezlashtirsa, sovuq suv sekinlashtiradi va tomir tonusini kuchaytiradi. Organizmda suv, kislota-ishqor muvozanatini, oqsillarning kolloidal xususiyati va dispersligini, hujayralarning suv biriktira olish xususiyatini ozgartiradi, organizmdagi tuzlar muvozanati ham bir qadar ozgaradi. Balneologik kurortlarda tabiiy karbonat angidridli, vodorod sulfidli, radonli, yod-bromli, xlorid va natriyli tuzlari bolgan mineral buloq suvlaridan davo sifatida foydalaniladi. B. vrach bilan maslahatlashib, uning korsatmalariga qatiy amal qilgan holda, kopincha balchiq bilan davolash, iqlim bilan davolash va parhez kabi kompleks davo usullari bilan birga amalga oshiriladi.

Karim Ioldoshev