Топ-100
Back

ⓘ Bariy, Ba - Mendeleyev davriy sistemasining II guruhiga mansub kimyoviy element, tartib nomeri 56, atom massasi 137.34, kumush rang-oq metall. 7 ta barqaror izo ..




                                               

Varikond

Varikond - ozgaruvchan va cond - kondensator) - tashqi elektr maydoni tasirida sigimi ozgaradigan kondensator. V. segneto-elektriklarning dielektrik singdiruvchanligi tashqi elektr maydoniga bogliqligiga asoslangan. V. tayyorlanadigan material ga turli aralashmalar qoshib, uning xususiyatini ozgartirish mumkin. V. dielektrik kuchaytirgichlarda vakuum lampalar ornida ishlatiladi. Uzoq, muddat ishlaydi, yengil, zarbalarga chidamli. V.ning quvvatni kuchaytirish koeffitsiyenti katta. V. elektr signallarni ozgartiradi va kuchaytiradi, tok va kuchlanishni bir meyorda ushlab turadi, quvvatni oshi ...

Bariy
                                     

ⓘ Bariy

Bariy, Ba - Mendeleyev davriy sistemasining II guruhiga mansub kimyoviy element, tartib nomeri 56, atom massasi 137.34, kumush rang-oq metall. 7 ta barqaror izotop aralashmasidan iborat, ular orasida |38Va koproq. Bariyni shved kimyogari Bariy Sheele VaO shaklida kashf etgan va bu oksidni "ogir yer" yoki barit deb atagan, metall Bariyni ingliz kimyogari Bariy Devi elektroliz yoli bilan olgan. Yer pustila Bariy ogirlik jihatdan 0.05% ni tashkil etadi, tabiatda erkin holda uchramaydi. Bariy birikmalari - barit BaSO4 va viterit VaSO3 sanoat ahamiyatiga ega. Bariy VaO bilan alyuminiyni birga qizdirish yoki VaN, ni parchalash yoki suyuqlangan VaS12 ni elektroliz qilish yoli bilan olinadi. Bariyning zichligi 3760 kg/m3, mineralogik shkala boyicha qattiqligi 1.25, Moos shkalasi boyicha 2, suyuqlanish temperaturasi 727°, qaynash temperaturasi 1637°. Bariy qorgoshindan qattiqroq, ruxdan yumshoqroq. Bariy ishqoriy-yer metall, kimyoviy xossalari jihatdan kalsiy bilan stronsiyga oxshaydi, lekin ularga nisbatan faolroq. Havoda tez oksidlanadi, qizdirilganda oson alangalanadi. Suvni shiddat bilan parchalab, bariy gidroksid hosil qiladi: Va+2N2O=Va2+N2. Bariy oksid - VaO rangsiz kristall modda bolib, havoda bariy karbonat VaSO3 ga aylanadi. VaO ni havoda 500° da qizdirib, VaO2 olinadi, bu modda esa 700° da VaO va O2 ga ajraladi. Bariy kimyoviy juda faol bolganidan kerosin qatlami ostida saqlanadi. Galogenlar va oltingugurt bilan birikib,galogenidlar va sulfid - BaS, vodorod bilan birikib, gidrid - VaN2 hosil qiladi. VaN2 suv va kislotalar tasirida tez parchalanadi. Odatda ishlatiladigan Bariy tuzlaridan bariy xlorid VaS12 va boshqa galogenidlar, bariy nitrat Ba2, bariy sulfid BaS, bariy xlorat Va suvda yaxshi eriydi, bariy sulfat BaSO4, bariy karbonat VaSO3 va bariy xromat VaSYU4 qiyin eriydi. Bariy kop qotishmalar tarkibiga kiradi. Va - Ni qotishmasi radiolampalarda ishlatiladi, Va - R qotishmasidan bosmaxona harflari tayyorlanadi. Bazi qotishmalari vakuumda gaz yutuvchi sifatida, yadro texnikasida u-nurlardan saqlovchi materiallar sifatida qollaniladi. Bariyning VaSO3, Va-2, VaS12, Ba2 birikmalari kimyo lab.da, BaCL, qishloq xojaligi zararkunandalariga qarshi kurashda, BaSO4 xrustal shisha va oq boyoq ishlab chiqarishda, Ba2 yashil olov hosil qilishda ishlatiladi.