Топ-100
Back

ⓘ Bagdod tumani - Fargona viloyatidagi tuman. 1926-yil 29-sentabrda tashkil etilgan. Viloyatning Oltiariq, Rishton, Uchkoprik va Buvayda tumanlari bilan chegarado ..




Bagdod tumani
                                     

ⓘ Bagdod tumani

Bagdod tumani - Fargona viloyatidagi tuman. 1926-yil 29-sentabrda tashkil etilgan. Viloyatning Oltiariq, Rishton, Uchkoprik va Buvayda tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 0.33 ming km². Aholisi 208.7 ming kishi. Bagdod tumanida 1 shaharcha va 10 qishloq fuqarolari yigini bor. Markazi - Bagdod shaharchasi.

                                     

1. Tabiati

Bagdod tumani hududi tekislikdan iborat. Janubi-garbida toshloqli dasht yerlar bor. Yanvarning ortacha temperaturasi −3°, iyulniki 26°. Yiliga 180 - 220 mm yogin tushadi. Tumandan Usmon Yusupov nomli Katta Fargona kanali otadi. Tuprogi asosan qongir-boz tuproq, ayrim joylarda shor tuproq uchraydi. Shora, shuvoq, yantoq, qamish, miya, oqbosh, yulgun va boshqa osadi. Bori, tulki, quyon, yumronqoziq va boshqa uchraydi.

                                     

2. Aholisi

Aholisi, asosan, ozbeklar; ruslar, tatarlar va boshqa ham yashaydi. 1 km² ga ortacha 425 kishi togri keladi. Shaharliklar 13 ming kishi, qishloq aholisi 128.3 ming kishi 2000.

                                     

3. Iqtisodiyoti

Bagdod tumanida yetakchi tarmoq- paxtachilik. Paxta tozalash zavodi, don mahsulotlari va qurilish materiallari, mahalliy sanoat kombinatlari, mebel va poyabzal fabrikalari. avtobaza bor. Xojaliklarda chorvachilik, bogdorchilik, pillachilik, polizchilik, sabzavotchilik bilan ham shugullaniladi. Tumanda 1 qoshma korxona, 134 kichik korxona va 1 kooperativ korxopa mavjud. Bulardan eng muhimi "Fayz-Yavor" mebel ishlab chiqarish Ozbek-Slovakiya qoshma korxonasidir.

Bagdod tumanida sugoriladigan yerlar 18.1 ming ga, ekinzorlar 17.9 ming ga, shu jumladan 9 ming ga yerga paxta, 0.2 ming ga yerga sabzavot, I ming ga yerga beda, 0.18 ming ga yerga makkajoxori, 0.09 ming ga yerga sholi ekiladi. Bagdod tumanida 11 jamoa xujaligi, 2 davlat xojaligi, xojaliklararo korxona, parrandachilik fabrikasi, 82 fermer xujaligi va boshqa xojaliklar bor 2000.

Tuman jamoa va shaxsiy xojaliklarida 36.2 ming qoramol, 27 ming qoy va echki, 79.7 ming parramda bor 2000. Tuman hududidan Margilon - Qoqon temir yol utgan.

1999G2000 oquv yilida 55 umumiy talim maktabi bolib, 30.6 ming oquvchi, 1 gimnaziyada 100 oquvchi, 1 li-seyda 130 oquvchi talim oldi. Tumanning Oltarma qishlogida Ozbekiston Osimliklarni himoya qilish ilmiy tadqiqot institutining Qoqon tayanch punkti joy-lashgan. 48 ommaviy kutubxona, 17 klub, 12 madaniyat uyi, 2 muzey, 745 orinli 5 kasalxonp, 62 tibbiyot punkti bolib, ularda 192 vrach, 1092 orta malumotli tibbiy xodim ishladi 2000. 1931 yildan "Bagdod hayoti" tuman gaz. chiqadi adadi 4000.