Топ-100
Back

ⓘ Buryat solnomalari - sharqiy buryatlarning tarixiy yodnomalari. Yilnomalar va qisqacha tarixiy ocherklarning oraliq shakli korinishida bolgan. Buryatlar uchun t ..




                                               

Buryat Solnomalari

                                     

ⓘ Buryat solnomalari

Buryat solnomalari - sharqiy buryatlarning tarixiy yodnomalari. Yilnomalar va qisqacha tarixiy ocherklarning oraliq shakli korinishida bolgan. Buryatlar uchun tushunarli bolgan adabiy mogul tilida yozilgan. Selenga, xorin va aga, barguzin buryatlari solnomalari mashhur. Buryat solnomalari mualliflari tarixiy yodnoma, bitiklar, Dasht dumalari arxivi hujjatlari, xalq rivoyatlari, afsonalaridan foydalanganlar. Yumsunov va Toboyev solnomalari eng mukammal va sermazmun. Saharov solnomasi 1740 - 1886 yillarni oz ichiga oladi. Buryat solnomalari yuqori feodal tabaqavakillari tomonidan tuzilgani uchun shularning sinfiy mafkurasini ifodalaydi. Xalkning turmushiga oid faktlarni yilmayil, izchil bayon etilganligi katta qimmatga ega. Buryatlar Sibirda oziga xos bunday adabiy yodgorlikka ega bolgan yagona xalqdir.