Топ-100
Back

ⓘ Buxorodagi vakolatxonalar - Buxoro amirligida rus hukumati va sarmoyadorlari manfaatlarini himoya qilishga xizmat qilgan muassasalar. Rossiya 1866 - 68 yillarda ..




                                     

ⓘ Buxorodagi vakolatxonalar

Buxorodagi vakolatxonalar - Buxoro amirligida rus hukumati va sarmoyadorlari manfaatlarini himoya qilishga xizmat qilgan muassasalar. Rossiya 1866 - 68 yillardagi bosqinchilik urushlari natijasida amirlikning talay yerlarini bosib oldi. 1868 va 1873 yillardagi shartnomalar natijasida amirlik Rossiyaga qaram mamlakatga aylantirildi. BuxoroRossiya siyosiy, iqtisodiy munosabatlari jonlanib ketganligi, bu munosabatlarda Rossiya manfaatlarini himoya qilish maqsadida oq podsho Aleksandr III ning 1885 yil 12 noyabrdagi farmoni bilan 1886 yil 1 yanvar dan boshlab Buxoroda "Rossiya imperatorligining siyosiy agentligi" - vakolatxonasi tasis etildi. 1903 yil 6 mayda podsho Nikolay II vakolatxona huquqlarini kengaytirdi. Mustamlakachilik siyosatini amalga oshirishga xizmat qilgan bu muassasaga barcha siyosiyiqtisodiy, harbiy masalalar yuzasidan amir hukumati bilan munosabatda bolish, amir va uning vazirlari ustidan nazorat ornatish, Zarafshon daryosining suv taqsimoti bilan shugullanish, BuxoroAfgoniston chegaralarini kuzatib turish, Buxorodagi rus qarorgohlarida gazetalar va teatr pyesalari ustidan nazorat ornatish huquqlari berildi. Siyosiy agent chor Rossiyasining rasmiy doimiy vakili bolib, Peterburg va Toshkentning Buxoro hukumati bilan qiladigan hamma aloqalari shu agent orqali otar edi. Siyosiy agent, shuningdek Buxoro amirligini ozining ichki bozoriga aylantirishga intilgan rus sarmoyadorlari manfaatlarini kozlab bojxona tizimi, sanoat, temir yol, pochtatelegraf ishlarini tola oz nazoratiga oldi. 20-asr boshlariga kelib amirlik hududida paxta, qorakol teri sotiladigan bozorlar joyini belgilash kabi amirlikning mutlaqo ichki ishi hisoblangan masalalarga ham aralasha boshladi. 1917 yil Rossiyadagi Fev. inqilobidan song agentlik nomi ozgartirilib - Rossiya vakolatxonasiga aylantirildi. Rus qarorgohlarida shoro hokimiyati ornatilgach, Turkiston olkasi XKS ning Buxoro ishlari boyicha Kollegiyasi tasis etildi. Turkiston ASSR tashkil topgach, Turkiston olkasining Buxoro ishlari boyicha komissari tayinlandi. 1920 yil Buxoro xonligi tugatilgach, BXSR hukumati qoshida RSFSR hukumatining muxtor vakiliga aylantirildi. Salkam 40 yil davomida turli shakl va nomlarda faoliyat korsatgan bu muassasa faqat mustamlakachilik siyosatini amalga oshirishga xizmat qildi.

                                     

1. Adabiyotlar

  • OzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Tuxtametov T. G., Russkobuharskiye otnosheniya v konse 19 - nachale 20 vv., T., 1966; Istoki drujbi, Dushanbe, 1987; Gafurov A., Iz istorii osnovaniya i razvitiya goroda Kagana i yego roli v russkobuharskix otnosheniyax, Buhara, 1989