Топ-100
Back

ⓘ Buqoq - qalqonsimon bezning kattalashuvi. Kasallik shu bez funksiyasi ozgarmasdan, funksiyasi susayishi yoki kuchayishi bilan kechadi. B.ning bir necha shakli b ..




                                     

ⓘ Buqoq

Buqoq - qalqonsimon bezning kattalashuvi. Kasallik shu bez funksiyasi ozgarmasdan, funksiyasi susayishi yoki kuchayishi bilan kechadi. B.ning bir necha shakli bor. Endemik buqoq atrof-muhitda yod oz bolgan muayyan geografik chegaralangan hududlarda uchraydi. Istemol qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlarida yod yetishmasligi kasallikning asosiy sababi hisoblanadi. Soglom odamga bir kecha-kunduzda 100 - 200 mikrogramm yod kerak, shu miqdor kamaysa, qalqonsimon bez gormonlari ning hosil bolishi kamayadi. Oqibatda, qalqonsimon bezning kattalashishi kuzatiladi, bolalarda boy osmay qoladi, ruhiyati ozgaradi, aqli ojiz boladi, bazan kasallik shish hosil bolishi bilan kechadi.

Sporadik onda-sonda uchraydigan buqoq - buqoq endemiyasi bolmagan joylarda rivojlanadi, kasallik keng tarqalmaydi. Diffuz toksik buqoq Bazedov kasalligi - bunda qalqonsimon bez kattalashuvi bilan birga funksiyasi kuchayadi. Diffuz toksik buqoqni 1840 yilda nemis vrachi Karl Bazedov tariflab bergani uchun Bazedov kasalligi deb ataladi. Kelib chiqishida irsiy moyillik, immun sistemadagi ozgarishlar, ruhiy iztirob muhim orin tutadi. Qalqonsimon bez funksiyasi kuchayishi natijasida muskullar zaiflashib, bemor serzarda, yigloqi bolib qoladi, ozib ketadi, kozi chaqchayadi ekzoftalm, oftalmopatiya, kop terlaydi, oyoqqoli, bazan butun tanasi titraydi, yuragi tez uradi taxikardiya, uyqusi buziladi, bir oz isitma chiqadi, tez toliqadi va ishga yaroqsiz bolib qoladi. Kasallik ogir kechganida tireotoksik krizisga olib borishi mumkin. Bunda asosiy sistema va azolar faoliyati izdan chiqadi, tireotoksik koma yuz beradi. Kop tugunli toksik buqoq - kopincha bir necha yil davomida kop tugunli eutireoid buqoq bilan og`rib kelayotgan 50 - 60 yashar ayollarda uchraydi. Kasallik belgilari diffuz toksik buqoqqa oxshash, ammo bunda oftalmopatiya va pretibial miksedema kuzatilmaydi.

Buqoqni mutaxassis vrach davolaydi, turli gormonal dorilar buyuriladi. Bazan jarroxlik yoli bilan davolanadi. Toksik buqoqni davolashda radioaktiv yod ham qollaniladi.

Buqoqning ommaviy oldini olish uchun yodlangan osh tuzi ishlatiladi. Buqoq boyicha xavfli guruhlarga bogcha va maktab yoshidagi bolalar, homilador va emizikli ayollar tarkibida yod tutuvchi dorilar beriladi. Umumiy soglomlashtirish tadbirlari bekamu-kost ovqatlanish, sanitariya-gigiyena sharoitlarini yaxshilash va boshqalar amalga oshiriladi.

                                     

1. Adabiyotlar

  • Islombekov R. Q., Radioaktivniy yod i funksiya shitovidnoy jelezi. T., 1971. Bahodirov K., Fatxullayev I. vab., Ichki kasalliklar tashhisi va klinikasi, T., 1996; Qoraboyeva R. A. va boshqa, Ichki kasalliklar propedevtikasidan qollanma, T., 1998. Zoirxoja Akbarov.
  • OzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil