Топ-100
Back

ⓘ Abdugani Abdullayev – yogoch oymakori, Ozbekiston Respublikasi xalq ustasi. Us t a Q. Haydarovning shogirdi. Ustozi bilan birgalikda Toshkentdagi Fargona choyxo ..




                                     

ⓘ Abdugani Abdullayev

Abdugani Abdullayev – yogoch oymakori, Ozbekiston Respublikasi xalq ustasi. Us t a Q. Haydarovning shogirdi. Ustozi bilan birgalikda Toshkentdagi "Fargona" choyxonasi, Xalqlar Dostligi saroyi, "Zarafshon" restoranidagi oymakori naqshli panjara, darvoza, eshik, namoyonlarni ishlagan. 1983 yildan mustaqil ishlaydi. Ilk bor Olim Xojayev nomidagi teatr binosi uchun 20 dan ortiq oymakori eshik, darvoza, panjaralarni tayyorladi. Bir qator jamoat binolari, choyxonalar, "Muborak" restorani, Qarshi teatri va boshqa binolari uchun noziq islimiy oyma naqshlar bilan bezatilgan ustun, eshik, darvoza, panjaralar yaratdi; Imom al-Buxoriy majmuasiaati yogoch oymakorligi ishlariga rahbarlik qilib, shogirdlari bilan birga sharafalar, hovuzaklar tayyorladi, ayvonlar shiftini vassajuft yopish, oymakori ustunlari yaratishda yuksak mahorati namoyon boldi, Toshkentdagi "Xotira maydoni" dagi ayvonlarning oyma naqshli ustunlarini milliy memorlik ananalari asosida yuksak mahorat bilan bezadi. 1973 yildan xalqaro korgazmalarda badiiy asarlari bilan qatnashadi.