Топ-100
Back

ⓘ Azov – Rossiya Federatsiyasining Rostov viloyatidagi shahar. Don daryosi boyidagi port. A. Qora dengiz sohilidagi qadimgi shahar – Tanais ornida barpo qilingan. ..




Azov
                                     

ⓘ Azov

Azov – Rossiya Federatsiyasining Rostov viloyatidagi shahar. Don daryosi boyidagi port. A. Qora dengiz sohilidagi qadimgi shahar – Tanais ornida barpo qilingan. Don daryosi Azov dengizining Taganrog qoltigiga quyiladigan joydan 7 km be-rida. Aholisi 80.9 ming kishi. Temir yol stansiyasi. Mashinasozlik, yengil, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Poli-texnika va industriya-ped. texnikumlari, ped. bilim yurti, tarix-olkashunoslik muzeyi bor. Miloddan avvalgi 1-ming yillikda A. ornidagi Meotidada meotlar yasha-gan. Milodiy 10–11-asrlarda Kiyev Rusining Tmutarakan knyazligi tarkibiga kirgan. taxminan 1067 yil qipchoqlar tomonidan egal-langan va A. ornidagi qishloqqa Azuv xon nomini berganlar. 13-asrdan Oltin Ordaga qarashli Azoq shahri bolgan, 14-asrda venesiyalik va genuyaliklarning koloniyasi bolgan. 1395 yilda Amir Temur egallagan. 1471 yildan Turkiyaga qarashli qal’a. 1637–42 yillarda A.ni Don kazaklari egalladi. 1696 yilda Pyotr 1 qoshinlari bosib oldi. 1711 yilda A. Turkiyaga qaytarib berildi. Biroq 1739 yildan yana Rossiya tarkibiga otdi. 1775–82 yillarda Azov gubernyasi markazi, 1810 yildan Yekaterinoslav gubernyasi posadi. 1920 yil 1 martdan shahar.