Топ-100
Back

ⓘ Angishvonagul, oymoqgul – sigirquyruqdoshlar oila-siga mansub ikki yillik va kop yillik otlar turkumi. Yevropa va Osiyoda 25 ga yaqin turi bor. Barchasi zaharli ..




                                     

ⓘ Angishvonagul

Angishvonagul, oymoqgul – sigirquyruqdoshlar oila-siga mansub ikki yillik va kop yillik otlar turkumi. Yevropa va Osiyoda 25 ga yaqin turi bor. Barchasi zaharli. A.ning poyasi tikka, barglari ketma-ket joylashgan, barg cheti arra-simon, ba’zi turlarida tekis. Barglar poyaning ostidan uchiga tomon maydala-shib boradi. Gullari shingil topgulga yigilgan, gultoji qongiroq yoki angish-vonaga oxshash; osimlik nomi ham shundan olingan. Qizil A. va sariq A.ning bargidan purpurea A, purpurea V, digitoksin, gitoksin va yurak kasalliklariga qarshi ishlatiladigan boshqa glyukozidlar oli-nadi. A.ning boshqa turlaridan olingan preparatlar ham shu kabi kasalliklarni davolashda qollaniladi. A.ning ba’zi xillari Ozbekistonda xushmanzara osimlik sifatida ekiladi.