Топ-100
Back

ⓘ Aerologiya – atm. fizikasining erkin atmlagi fizik hodisalar va jarayonlarni organuvchi bolimi. Balandliklarda atm. tarkibi, bulut va yoginlarning hosil bolishi ..




                                               

Jahon ob-havo xizmati

Jahon ob-havo xizmati - yer shari miqyosida ob-havo ozgarishlarini kuzatib turish bilan shugullanadigan tizim. Dunyo ahamiyatiga molik markazlar hamda hududiy aqamiyatga molik meteorologiya markazlaridan iborat. J. o-h. x. rejasi 1967 y.da qabul qilingan. Bu markazlar ozaro tezkor aloqa kanallari orqali ozaro boglangan. Dunyo ahamiyatiga molik markazlar Vashington, Melburn va Moskvada joylashgan. Hududiy ahamiyatga molik meteorologiya markazlari 20 dan ortiq hududda, shu jumladan Orta Osiyo hududida ham mavjud. Bundan tashqari, har qaysi mamlakatda, shu jumladan, Ozbekistonda ob-havo xizma ...

                                     

ⓘ Aerologiya

Aerologiya – atm. fizikasining erkin atmlagi fizik hodisalar va jarayonlarni organuvchi bolimi. Balandliklarda atm. tarkibi, bulut va yoginlarning hosil bolishi, har xil balandlikdagi havo oqimlari, havo mas-salarining ozaro ta’siri va boshqalarni organadi. Obhavoni oldindan aytish usullarining tobora takomillashuvi, yuqori balandliklarda uchish imkoniyatlarining kengayishi tufayli butun dunyoda A. tez rivojlandi. Yerning sun’iy yoldoshlari uchirilishi yuqori atm.ni organish uchun keng imkoniyatlar ochdi. A. ixtiyorida Yerning sun’iy meteorologik yoldoshlari, elektron asboblar, radiolokatsiya vositalari, maxsus jihozlangan samolyotlar, raketa, radiozond va takomillashgan aerostatlar mavjud.