Топ-100
Back

ⓘ Genrix - Angliyada: Genrix 1 qirol. Vilgelm I Fotihning kichik ogli. Ingliz baronlarini oz tarafiga ogdirib, taxtni qonunsiz egallagan. Qirollikni ancha mustahk ..




                                     

ⓘ Genrix

Genrix - Angliyada: Genrix 1 qirol. Vilgelm I Fotihning kichik ogli. Ingliz baronlarini oz tarafiga ogdirib, taxtni qonunsiz egallagan. Qirollikni ancha mustahkamlagan. Uning davrida boshqaruvning markaziy organi - qirollik kuriyasi tashkil etilgan.

Genrix II Plantagenet Genrix Anjuyskiy qirol 1154 y.dan. Plantagenetlar sulolasining birinchi vakili. Fransiyada katta mulklari bolgan. Qirollikni mustahkamlaydigan islohotlar otkazgan. G. II davrida 1169 Irlandiya bosib olina boshlangan.

Genrix III - qirol 1216 y.dan, plantagenetlar sulolasidan. G. III ning chet ellik avantyuristlar va Rim kuriyasiga tayangan holda mamlakatni boshqarishga intilishi baronlarning noroziligiga sabab boldi. Baronlarni shaharliklar va dehqonlarning yuqori tabaqasi qollab-quvvatladi Fuqarolar urushi, 1263 - 67. G. III davrida 1-ingliz parlamenti chaqirilgan.

Genrix IV - qirol 1399 y.dan. Lankasterlar sulolasining asoschisi. Richard II tomonidan agdarilgan. G. IV davrida parlament huquqi kengaytirilgan.

Genrix V "1387.16.9?, Monmut -1422.31.8, Bua-de-Vensenn| - qirol 1413 y. dan. Lankasterlar sulolasidan. G. V Yuz yillik urush 1337-1453 davrida Azenkurda fransuzlarni tor-mor qilgan 1415 va Fransiyaning shim. ni Parij bilan birgalikda bosib olgan.

Genrix VI - qirol 1422 - 61, Lankasterlar sulolasidan. 9 oylik chaqaloqpigida taxt tepasiga kelgan. Hizil va oq gumar urushi davrida yengilgan. Taxt tepasiga qisqa muddatli kelishi 1470 y. okt. - 1471 y. aprel dan song yana taxtdan agdarilgan va Tauerda oddirilgan.

Genrix VII - qirol 1485 y.dan. Tyudorlar sulolasi asoschisi. Bosvort jangi 1485 y. 22 avg.da Richard III ni yengib, taxtni egallagan. G. VII davrida ingliz absolyutizmiga asos solingan.

Genrix VIII - qirol 1509 y.dan. Tyudorlar sulolasidan. G. VIIIdavrida Reformatsiya otkazshtyan. 1534 y. anglikan cherkovi rahbari deb elon qilingan. 1536 va 1539 y.lar monastir yerlari musodara qilinib dvoryanlarga berilgan. G. VIII i.ch. vositalaridan mahrum qilingan dehqonlarga qarshi qator qonunlar chiqargan.