Топ-100
Back

ⓘ Gidrotexnika inshootlari -suv resurslaridan foydalanish yoki suvning yemirish tasiriga qarshi kurash uchun quriladigan inshootlar. G. i. vazifasi boyicha 2 guru ..




                                     

ⓘ Gidrotexnika inshootlari

Gidrotexnika inshootlari -suv resurslaridan foydalanish yoki suvning yemirish tasiriga qarshi kurash uchun quriladigan inshootlar. G. i. vazifasi boyicha 2 guruhga - umumiy ahamiyatga ega bolgan va maxsus inshootlarga bolinadi.Umumiy ahamiyatga ega bolgan G. i. tarkibigasuv damlagich, suv olgich, suv tashlama va suv rostlagich inshootlari kiradi. Suv damlagichlar inshootning oldi va orqasida suv bosimi yoki suv sathida farqlar hosil qiladi. Suv olgich inshootlar suvni manba dan kanallarga oqizish uchun xizmat qiladi. Suv otkazgich suvni tegishli joylar ga yonaltirish maqsadida quriladi; tutashtiruvchi inshootlar G. i. turli qismlarining ravon birlashishini taminlaydi. Suv tashlama inshootlar suv omborlari, kanallar, bosimli havzalardan ortiqcha suvni chiqarib yuborishga xizmat qiladi. Chiqarib yuboriladigan suv miqdorini rostlash uchun suv tashlama inshootlarga zulfinlar ornatiladi. Rostlagich inshootlar suv oqimi tabiiy sharoitlarini ozgartirish va yaxshilashga, ozan va qirgoqlarni yuvilib ketishdan, oqiziqlarning toplanib qolishidan, muz tasiri va b.dan himoya qilishga moljallangan. Maxsus G. i. gidroenergetika, suv transporti inshootlari, meliorativ inshootlar, suv taminoti hamda kanalizatsiya inshootlari va b. kiradi.

G.i. vazifasiga kora asosiy va yordamchi inshootlar muzdan himoya inshootlari, ajratish devorlari va b.ga bolinadi. G.i. kapitalligi boyicha 4 4darajaga yordamchi inshootlar kiradi bolinadi. Qabul qilingan kapitallik darajasiga muvofiq G. i.ning mustahkamlik darajasi, yani chidamlilik va barqarorlilik darajasi aniqpanadi, hisobiy maksimal suv sarfi l/s yoki m’/s, qurilish materiallariga talablar belgilanadi. G.i. boshqa muhandislik inshootlardan doimiy ravishda oqib yoki tinch turgan suv tasiri ostida bolishi bilan farqlanadi. Suv G.i.ga mexanik, fizik va kimyoviy, biologik ot osishi va b. tasir otkazadi. Shu sababli G.i. qurishda maxsus gidrotexnik beton, temir-beton va b. pishiq materiallar qollaniladi. G.i.dan foydalanishda zamonaviy avtomatika va telemexanika vositalari qollaniladi.