Топ-100
Back

ⓘ Issiq elitishi - tashqi muhitning yuqori temperaturasi tasirida badanning qizib ketishidan kelib chikadigan kasallik. yozda, saratonda yoki is-siq binoda uzok, ..




                                     

ⓘ Issiq elitishi

Issiq elitishi - tashqi muhitning yuqori temperaturasi tasirida badanning qizib ketishidan kelib chikadigan kasallik. yozda, saratonda yoki is-siq binoda uzok, ishlaganda I. e. mumkin. Ter bezlarining sust ishlashi, organizmning suvsizlanishi, suv ichish maromini buzish va b. sabablar bilan ter chiqmasligi yoki havoning juda nam bolishi, namni otkazmaydigan kiyim kiyish va sh. k. natijasida badandan ter bemalol buglanib ketmasligidan boladi. Issiqqa har kim har xil chidaydi, buning ustiga biror kasallik bilan ogrib otishdan keyin, ich ketganda, bezgak tutganda, spirtli ichimliklar ichganda va shunga oxshash hollarda odamning issiqqa chidami ozgarishi mumkin. Qalqonsimon bez, yurak-tomir kasalliklari bolgan, semirib ketgan kishilar boshqa kishilarga nisbatan tezroq qiziydi. Ayniqsa, yangi tugilgan va godak bolalar salga qizib ketadi. Organizm qizib ketganda gavda temperaturasi avvaliga sekinlik bilan kotariladi, keyin tobora tez oshadi. Odam gavdasi qizib ketganda darmoni qurib, bazan boshi aylanadi. Zor berib terlash natijasida organizmdan kop suv va tuz chiqib ketadi. Toqimalarda suv kamayishi tufayli ter va siydik kam chiqadi, qon quyuklashib, tomirlarda qon harakati qiyinlashadi, toqimalar kislorodga yolchimaydi, shuning oqibatida bosh miya faoliyati buziladi. I. e. tosatdan boshlanadi: gavda temperaturasi 42 - 43° gacha kotariladi, bosh, orqa, oyoklar ogriydi, bazan kongil aynib, odam qusadi, ich ketadi, yuz qizaradi va kerkadi, nafas olish va tomir urishi tezlashadi. Issiq qattiq elitganda hushsizlik, tirishish hollari kuzatiladi, koz qorachiqlari kengayadi, ular yorugdan tasirlanmaydi, badan kokarib qoladi, bazan talvasa tutadi. Tez yordam: issiq elitgan kishini salqin joyga yotqizib, kiyimini yechish, badaniga sovuq suv sepib, orom berish, fiziologik eritma quyish, suniy nafas oldirish, kislorodga yolchitish, yurak faoliyatini yaxshilaydigan dorilar berish va darhol vrachga murojaat qilish zarur. Oldini olish: issiq binolarni shamollatish, yengil kiyim kiyish, ustdan sovuq suv quyib, tanani savitish, issiq sexda ishlaganda gazli shortang suv yoki meva sharbati, ayniqsa olcha suvi ichish kerak. Suv ichish rejimiga rioya qilinsa va ter bemalol buglanib tursa, odam 50 - 60° temperatura chidaydi. Issiq iqdimga yoki issiq joyda ishlashga asta-sekin moslashuv ning ahamiyati katta.

Users also searched:

...
...
...