Топ-100
Back

ⓘ Devonu lugotit turk. DEVONU LUGOTIT-TURK - Mahmud Koshgariyning turkiy tillar haqidagi qomusiy asari. Bu asarda 11-asrning 2-yarmida Markaziy Osiyoda va Garbiy ..




Devonu lugotit turk
                                     

ⓘ Devonu lugotit turk

"DEVONU LUGOTIT-TURK" - Mahmud Koshgariyning turkiy tillar haqidagi qomusiy asari. Bu asarda 11-asrning 2-yarmida Markaziy Osiyoda va Garbiy Xitoy hududida istiqomat qilgan turkiy urug va qabilalar, ularning ijtimoiy ahvoli, tili, tarixi, bu hududning geogr.si, metrologiyasi va astronomiyasiga oid qimmatli malumotlar yozib qoldirilgan. "D.l.t."ning qolyozmasi 1914 y. Turkiyaning Diyorbakr sh.dan topilgan. 319 sahifali bu qolyozma hozirgi Istanbulda saqlanadi. Bu nusxa "D.t.l." yozilganidan salkam 200 y. keyin, yani Mahmud Koshgariyning oz qoli bilan yozilgan nusxadan 1266 y.da kotib Muhammad ibn Abu Bakr ibn Fotihal-Soviy aldamashqiy tomonidan kochirilgan.

"D.l.t." arab tilida yozilgan, 8 mingdan ortiq turkiy sozlarni togri talaffuz qilish maqsadida arabcha hara-katlar harflardagi ost-ust ishoralardan foydalanilgan. Bunda, albatta, muallif ancha qiyinchilikka uchragan, chunki arabcha harf va alif, vov, yo ishoralari bilan turkiy tovushlarni berib bolmas edi. Turkiy tildagi choziq va qisqa unlilar, yumshoq va qattiq tovushlar uchun Maxmud Koshgariy maxsus belgilar harakatlarni qollaydi yoki soz boshidagi choziqlikni ikki alif bilan korsatadi yoki 2 xil talaffuz qilinadigan sozlarga 2 xil ishora qoyadi: azuqluq, eritmak sozlaridagi 3 va R harflari ustiga ham kasra, ham damma ishorasini qoygan, demak, bu sozlar osha davrda ikki xil talaffuz etilgan: azmqluq - azuqluq, eritmak - erutmak kabi. Arabcha harf bilan korsatish mumkin bolmagan turkiy talaffuzni "D.l.t."da izohlab, tariflab otgan. "D.l.t."da, avvalo, otlar, song fellar izohlanadi. Sozlar tartibi ularning tarkibidagi harflarning orta borishiga 2 harfdan 7 harfgacha qarab amalga oshirilgan.

Mahmud Koshgariy "D.l.t."ga ozi tuzgan dunyo haritasi dunyoning doira shaklidagi tasvirini ilova qilgan. Haritada mamlakat, shahar, qishloq, tog, chol, dovon, dengiz, kol, daryo va h.k.ning nomlari yozilgan. Haritaga yozilmay qolgan bir qancha nomlar asar matnida izohlangan. Harita, asosan, hozirgi Sharqiy yarim sharga togri keladi. Asarda 11-asrdagi shaharlar, qishloqlar, dengiz, kollar, turkiy qabilalar va uruglar haqida, uruglarning ijtimoiy ahvoli, kelib chiqishi, nomlanishi, ichki urug va toifalari, ularning joylanishi, urf-odatlari, til xususiyatlari haqida batafsil malumotlar beriladi. Bundan tashqari, hayvonot va osimliklari, ularning nomlanishiga toxtalib otadi, astronomik malumotlar, burj va muchal haqida ham malumotlar bor. "D.l.t."da ayniqsa qabila va urug tillariga oid lingvistik malumotlar ancha batafsil berilgan. Bunda har sozning manolari chuqur tahlil qilinadi, ayrim sozlarning etimologiyasiga toxtalib otadi. Tovushlar fonemalarning taxlili ancha mukammal: unli va undosh fonemalar, choziq va qisqa unlilar, ularning urug tillaridagi talaffuzi va orfografiyasi, tildagi fonetik hodisa va qonuniyatlar batafsil izohlangan. Morfologiya sohasida soz turkumlarini, davr ananasiga kora, 3 soz turkumiga: fel, ism, boglovchiga bolib, ularning yasalish va turlanish yollarini korsatib otadi. "D.l.t."da 250 dan ortiq maqol va matallar, onlab sheriy parchalar keltirilgan.

V. V. Bartold "D.l.t."dan oz ilmiy ishlarida keng foydalanganini sharqshunos S. Volin korsatib otgan. Til-shunos olim V. I. Belyayev "D.l.t." haqida shunday yozadi: "Biz bu asarga nihoyatda yuksak baho berishimiz kerak, chunki u kitoblardan olib yozilmagan, balki jonli materialni shaxsan kuzatishga asoslangan. Muallif bergan malumotlar. arxeologik kashfiyotlar bu malumotlarning aksariyatini isbot etmoqda". Nemis sharqshunosi K. Brokkelman "D.l.t." asarini 1928 y. nemis tiliga tarjima qildi. "D.l.t." qolyozmasining fotonusxasi Istanbulda Kilisli Rifat 3 jildli; 1915 - 17 keyinchalik Besim Atalay tomonidan 3 jildli; 1939 - 41 turk tiliga tarjima qilinib, chop etilgan. "D.l.t." ning turk tilidagi keyingi qayta nashri 1957 y. amalga oshirildi. "D.l.t." ikkinchi bolib ozbek tiliga tarjima qilinib, muhim izoh va tafsirlari bilan 1960 - 63 y.lari Toshkentda "Fan" nashriyotida 3 jildda chop etilgan. Bu tilshunos olim, filol. fanlari dri, prof. Solih Mutallibovning 35 yillik mehnati natijasi edi. Ushbu nashr faqat tarjima bolmay, turkcha tarjimaga munosabat, baho, atamalar, shaxs nomlari, shahar va joy nomlariga izoh, va tafsir hamdir. Ozbekcha nashrining muqaddima qismida 11-asr filologlari, "Qutadgu bilig" asari, Maxmud Koshgariyning lingvistik qarashlari, turkiy qabilalar, ularning shakllanishi, bu urug va qabilalar, tillarning hozirgi turkiy xalqlar va ularning tiliga munosabati, tarjima transkripsiyasi togrisida malumotlar berilgan. "D.l.t." ozbekcha nashrining oxirida turkiy urug, qabila, shaharlar va boshqalar togrisida batafsil malumotlar bor, asarning har bir jildida havolalar berilib, unda uchragan soz va iboralar keng tariflanadi, izohlanadi. Ozbekcha nashrining muhim tomonlaridan biri, uning har bir jildi asosida tuzilgan korsat-kichdir. Unda "D.l.t."da uchragan sozlar alifbo tarzida keltirilib, sozning ozbek va rus tilida tarjimasi beriladi. Mazkur sozning "D.l.t." ning qaysi betlarida uchrashi korsatib otiladi.

Ganijon Abdurahmonov.