Топ-100
Back

ⓘ Dehqonchilikning asosiy qonunlari - dehqonchilikni ilmiy asosda olib borishning obyektiv qonunlari; q. x.ni intensivlash, ekinlardan mol hosil olishda obyektiv ..




                                     

ⓘ Dehqonchilikning asosiy qonunlari

Dehqonchilikning asosiy qonunlari - dehqonchilikni ilmiy asosda olib borishning obyektiv qonunlari; q. x.ni intensivlash, ekinlardan mol hosil olishda obyektiv omillarning orni va rolini izohlab beradi. Tuproqaan olingan moddalarni qaytarish; minimum, optimum va maksimum; hayot omillarining birgalikda tasir etishi; hayot omillarining teng ahamiyatlilik va almashtirib bulmasligi qonunlarini uz ichiga oladi. Tuproqdan olingan moddalarni qaytarish qonunini nemis olimi Yustus Libix 1840 y.da ifodalab berdi. Osimliklarning biologik massasi va hosili bilan tuproqsan oziq moddalari chiqib ketadi. Lekin bu oziq moddalarning bir qismigina gong tariqasida yana tuproqqa qaytadi. Hosil bilan yerdan chiqib ketgan hamma mineral moddalarni, ayniqsa, fosforni tuproqqa tola "qaytarish" kerakligi shu qonunda takidlanadi. Bu qarash osimliklarni mineral ogitlar bilan oziklantirish haqidagi nazariyaning asosini tashkil etdi. Yu. Libix nazariyasi, ayrim xatolarga qaramay, agronomiya, jumladan agrokimyo fanida katta ahamiyatga ega boldi. Qaytarish qonuniga binoan tuproqdan uzlashtiriladigan oziq moddalar ekvivalent miqdorda mineral va organik ugitlar hamda turli xil ag-rotexnologik tadbirlar bilan yerga qaytariladi. I. ch. sharoitida mineral ugit sifatida tuproqqa asosan azot, fosfor va kaliy, ayrim mikroelementlar kaytariladi, xolos. Mas, bir tonna paxta tolasining hosil bolishi uchun urtacha sof 50 kg azot, 15 kg fosfor va 50 kg kaliy sarflanadi. Moddalarni qaytarish qonunining buzilishi tuproq unumdorligini kamayi-shiga sababchi buladi.

Dehqonchilikdagi minimum, optimum va maksimum konunlari da osimlik hayotida har bir hayot omiliga bulgan tasirchanlikning alohida ahamiyati borligi ifoda etilgan. Osimliklarda, rivojlanishning muayyan fazasiga utishi uchun vaqt oy, kun bilan birga minimum samarali t-ra yigindisi talab etilndi yoki yerdan fosfor, kaliy va b. oziq moddalar miqdori boyicha 45 s hosil olish mum-kin, lekin tuprokda oson uzlashtiriladigan azot miqdori faqat 25 s hosil yetishtirish uchun yetarli, natijada amalda orta hisobda 25 s atrofida hosil olinadi. Bunga sabab hosilning miqdori minimumda turgan azot miq-dori bilan chegaralanadi. Optimum qonuni ham minimum qonun kabi mustaqil, usimlik uchun optimal usish sharoiti yaratilganda, eng kam mehnat va mablag sarflab, gektaridan eng kop va sifatli mahsulot olinishini ifoda etadi. Dehqonchilikning optimum qonuniga binoan, osimlik barcha hayot omillari bilan optimal taminlangandagina hosil eng yuqori boladi. Osimliklar hayotida eng qulay - optimal sharoit bilan bir qatorda, maksimal, kopincha ular uchun zararli sharoit, ayrim vaqtda osimlikni quritadigan sharoit ham bolishi mumkin; bu xrdisa maksimum qonunida ifoda etiladi. Mac, 35° dan yuqori t-ra goza, 25° dan yuqori t-ra kartoshka osishiga salbiy tasir korsatadi yoki mineral ogitni ortiqcha qollash ekin hosildorligini oshirmaydi, balki mahsulot sifatini pasaytiradi.

Dehqonchilikda yuqori va barqaror hosil yetishtirish uchun minimum yoki maksimumda turgan omillarni muay-yan tadbirlar bilan optimal miqdorga yetkazish, osimlikning butun vegetatsiya davomida osishi va rivojlanishi uchun qulay sharoitlar yaratish kerak. Ammo i.ch. da kopincha minimum, optimum va maksimum qonunlar buzilayotgan hollar ham uchraydi. Mac, tuproqda nam kam bolishiga qaramasdan, yerga kop marta ishlov beriladi, natijada nam yanada kamayadi.

Hayot omillarining birgalikda tasir etishi qonuni osimlikning hayot omillari alohida-alohida tasir etmay, bir-birlari bilan birgalikda tasir etishiga asoslanadi. Osimliklarning osishi va rivojlanishi uchun omillar majmuining tasiri uzluksiz bolishi talab etiladi. Mas, kuzgi galla nam yetarli, havo harorati 23° dan yuqori bolganda unib chiqib, 8 - 10 kundan keyin tuplanish fazasiga otadi. Harorat 13° dan yuqori, ammo tuproqda nam kam 200 - 300 m3/ga bolsa, tuplanish 11 - 15 kundan keyin, ayrim vaqtlarda harorat 9 - IV bolib, foydali nam miqdori esa gektariga 150 - 200 m3 ni tashkil etganda, bu jarayon 16 - 20 kungacha choziladi. Havo harorati 7° dan past, namlik esa 100 moga dan kam bolganda esa osimlikning unib chiqish - toplanish sikli 25 kunni tashkil etadi va h.k. Osimliklar hayot omillarining birgalikda tasir etishi qonuniyatlarini bilish, osimliklarning hayot omiliga bevosita yoki bilvosita hamda unga yaqin turadigan omillarga tasir etish yoli bilan hatto iqlim sharoiti murakkab, ogir bolgan yillarda ham ekinlardan yuqori hosil olish imkoniyati yaratiladi.

Osimlik hayot omillarining teng ahamiyatlilik va almashtirib bolmaslik qonunini V. R. Vilyame 1863 - 1939 tariflab bergan. Osimlikdagi har bir hayot omilini, ularning ozaro nisbati va munosabatlarini boshqa omil bilan almashtirish mumkin emas. Ularning har biri boshqasining ornini bosa olmasligi nuqtai nazaridan teng ahamiyatlidir. Osimliklarning u yoki bu hayot omillariga ehtiyoji qanchali-gidan qati nazar, ular osimlik uchun bir xilda zarur. Mas, osimlikni hatto biron bir mikroelementga bolgan oz-gina talabi qondirilmasa, undagi sodir bolayotgan normal fiziologik jarayonlar hamda osishi va rivojlanishi buziladi, chunki har bir omil osimlik hayotida malum bir funksiyani bajaradi. Osimliklar hayotida omillar orasida asosiysi va ikkilamchisi yoq. Ular teng ahamiyatlidir. Osimliklarning hayot omillar tizimi har xil osimlik uchun oziga xos. Dehqonchilik qonunlari va agrotexnika. Osimliklarning hayot sharoitini, mas, tuproq sharoitini har xil agrotexnika usullari bilan boshqarish mumkin. Lekin qollanilayotgan har bir agrotexnika tadbiri bir yoki bir qancha omillarga tasir etishi yoki mutlaqo tasir etmasligi ham mumkin. Shuning uchun agrotexnika tadbirlari tizimini barcha hayot omillariga ijo-biy tasir etadigan va osimlik talabini krndira olishga moyil ketma-ketlikda otkazish zarur. Agrotexnika tadbirlari majmui ekinning butun vegetatsiya davomida ozgarib turadigan talablariga muvofiq bolganda osimlik osishi va rivojlanishini boshqaradigan eng tasirchan omilga aylanadi. Qollanilayotgan agrotexnika tadbirlari faqat ekinlarning hosildorligiga emas, balki hosil sifatiga ham tasir etadi. U yoki bu agrotexnika tad-birlarini notogri qollash natijasida paxtaning tola sifati yomonlashadi, kartoshkada kraxmal, qand lavlagida shakar moddasi kamayadi. Agrotexnikada tadbirlarining muhim sifat korsatkichlaridan biri uni oz vaqtida otkazish hisoblanadi.

Abdurahim Ermatov.