Топ-100
Back

ⓘ Did - hayot va sanatning barcha sohalarida insonning estetik hodisalarni farqlash, tushunish va baholash qobiliyati. D. uzoq ijtimoiytarixiy taraqqiyot, mehnatn ..




                                     

ⓘ Did

Did - hayot va sanatning barcha sohalarida insonning estetik hodisalarni farqlash, tushunish va baholash qobiliyati. D. uzoq ijtimoiytarixiy taraqqiyot, mehnatning turli sohalaridagi tajribalar natijasida vujudga keladi. D.da shaxs, guruh va xalqning olamga estetik munosabati tajribasi inikos etilib, uni har bir kishi turli yollar bilan ozlashti-radi, oz individual estetik faoliyati bilan boyitadi. D. insonga xos fazilat. U yuksak yoki past, keng yoki tor, cheklangan yoki cheklanmagan, nozik yoki sayoz bolishi mumkin. D.ning yuksak yoki pastligi biror narsa yoki hodisaga berilgan baho, bildirilgan munosabatda seziladi. D. insonning tabiat, jamiyat, hayot haqidagi tasavvurlari hamda kechinmalari darajasini bildiradi. D. - insonning tarixan shakllanib, ozgarib turuvchi manaviy salohiyatlari korinishidir. Muayyan ijtimoiy-tarixiy hodisalar, turli davrlar silsilasi D.ning mazmuni va kurinishiga uz tasirini otkazadi. Tabiat, jamiyat, sanat va insondagi gozallikni xunukliklik, noziklikni qopollikdan, yaxshini yomondan ajrata bilish estetik D. harakteri va darajasini korsatadi. Estetik D. milliy va umuminsoniy xususiyatlarga ega. Milliy xususiyatlar tayin tarixiy sharoit va ananalar b-n, umuminsoniy xususiyatlar esa bashariyat manaviy merosi bilan bogliq. His-tuygusiz, manaviy kechinmasiz estetik D. amal qilmaydi. Estetik D. muhokamasida mavhum tafakkur emas, manaviy tuygular, yorqin his-hayajonlar birinchi orinda turadi. Estetik idrok jarayonida, yani biror narsaning estetik qiy-matini belgilashda insonning akliy va hissiy salohiyatlari birgalikda qatnashsada, hissiy mushohada asosiy ahamiyat kasb etadi. Har kimning D.i har xil boladi. Shuning uchun D. yonalishini har bir kishining gozallik haqidagi tushunchasi belgilaydi. D. insonning faqat muomala madaniyatinigina emas, jamiyatdagi muayyan manaviy darajasini, kamolotini ham korsatadi.

D. insonning kasbi, jinsi, yoshi, madaniyati bilan uzviy bogliq. D.sizlik - meyorni buzish, uni bilmaslik va unga amal qilmaslikdir. Qopollik va bachkanalik D.sizlik alomatidir. In-son D.i tugma emas. U tarbiya orkali takomillashib va taraqqiy etib bo-radi. Yuksak va somom estetik D.ega bolish kishining ham manaviy, ham ruhiy boyligidan dalolat. Estetik D.i takomillashgan va tarbiya korgan odamning madaniy saviyasi yuksak, axloqiy qiyofasi gozal, aqliy va hissiy kechinmalari chuqurrokdir. Insonning sanat asarlariga munosabati badiiy D.da namoyon boladi. Badiiy D. insonning adabiyot va sanat asarlarini tushunib yetish, baholay olish va ulardan zavqlana bilish salohiyatini korsatadi. D.ni shakllantirish va rivojlantirish - estetik tarbiyaning vazifasidir.