Топ-100
Back

ⓘ Yomgir - bulutlardan diametri 0.5 mm dan 6–7 mm gacha bolgan suv tomchilari holida yogadigan yogin. Qoplama bulutli Yomgir hamda jala Yomgirga bolinadi. Orta Os ..




                                               

Izogiyetalar

Izogiyetalar - sutka, oy, yil uchun yogin miqdori izochiziqlari yoki oy yoxud yil uchun oy yoki yillik ortacha kop-yillik yogin miqdori.

                                               

Yoy

Yoy - 1) matematikada - egri chiziq yoki aylananing istalgan ikki nuqtasi orasidagi qismi. Mac, aylana yoyi. Bir aylanada yoki birbiriga teng ikki aylanada teng Yo.larga teng vatarlar moye keladi va, aksincha, kattaroq Yo.ga kattaroq vatar togri keladi; 2) kad. urush va ov quroli, kamalak. Hozir undan sport maqsadlarida foydalaniladi; 3) yomgir tomchilarida yoruglikning sinishi, qaytishi va difraksiyasi tufayli osmonda hosil boladigan yarim doyra shaklidagi rangbarang kamalak.

Yomgir
                                     

ⓘ Yomgir

Yomgir - bulutlardan diametri 0.5 mm dan 6–7 mm gacha bolgan suv tomchilari holida yogadigan yogin. Qoplama bulutli Yomgir hamda jala Yomgirga bolinadi. Orta Osiyoning tekislik va tog oldi hududlarida Yomgir yil davomida kuzatiladi; yomgirli kunlar soni qorli kunlar soniga karaganda 2–3 marta ortiq. Yomgir mart - aprel oylarida eng kop, iyul - avgustda esa eng kam yogadi. Orta Osiyoda Yomgirli kunlar soni orta hisobda bir yilda 30–40 kunni tashkil qiladi. Joyning balandlik ortib borishi bilan Yomgirli kunlar soni 50–60 kunga yetadi. Chol hududlarida, Fargona vodiysi ning garbiy va markaziy qismida yillik Yomgir miqdori eng kam. Mas, Orol dengizining janubidagi bazi joylarda ortacha yillik yogin miqdori 80–90 mm. Nam havo oqimi yonalishiga qulay joylashgan tog oldi va vodiylar da, ayniqsa, jan.garbga qaragan vodiylarda Yomgir katta jadallik bilan yogadi. Aprel va may oylarida motadil yogib turadigan bulutli Yomgir tuprokda nam zaxirasining kopayishiga yordam beradi, ekinlarning yalpi kokarishiga qulay sharoit tugdiradi. Tuproq va havo temperaturasi pasaygan sharoitlarda qoplama bulutli Yomgir unib chiqqan ayrim ekinlar, mas, gozada iyadiz chirishi, gommoz kasalliklarining avj olishiga sabab boladi. Qisqa muddatli momaqaldiroq bilan aprel–may oylarida yogadigan Yomgirlar tuproq yuza qatlamini tigizlab, qatqaloq hosil qiladi.