Топ-100
Back

ⓘ Jinoiy javobgarlik - yuridik javobgarlik turlaridan biri, jinoyat sodir etishning huquqiy oqibati. J. j. aybdorga nisbatan jazolash shaklidagi davlat majburlov ..




                                     

ⓘ Jinoiy javobgarlik

Jinoiy javobgarlik - yuridik javobgarlik turlaridan biri, jinoyat sodir etishning huquqiy oqibati. J. j. aybdorga nisbatan jazolash shaklidagi davlat majburlov chorasini qollashdan iborat. J. j.ka jalb etish jinoyat ishini qozgatish, tergov qilishni va sudda muhokama qilishni bildiradi. Huquqiy davlatda jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxs ishi sudda qonuniy tartibda, oshkora ravishda korib chiqilib, aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmaydi. J. j.ka tortish masalasi qonunlarning tegishli moddalarini qollanish orqali hal qilinadi. Bu hol fuqarolar huquqlari va qonuniy manfaatlarini taminlashning muhim kafolati hisoblanadi. Ozbekiston Respublikasi JK ga kora, ijtimoiy xavfli qilmish sodir etish paytida qonunda belgilangan yoshga yetgan va aqli raso shaxslargina J. j.ka tortiladi. J. j.ka jinoyat sodir etishga tayyorgarlik korish, suiqasd qilish; ogir jinoyat sodir etilayotganligi haqida aniq bila turib, tegishli organlarga xabar bermaslik yoki jinoyat vositasi yoki jinoyat natijasida qolga kiritilgan narsalarni olish yoki sotish; shuningdek, jinoyat sodir etilishiga qiziqtirganlik, tashkil qilganlik va yordam berganlik ham jinoyat hisoblanadi va J. j.ni vujudga keltiradi.

Ozbekiston Respublikasi JK boyicha jinoyat sodir qilgan shaxs muayyan muddat davomida 3 y.dan 15 y.gacha J. j.ga tortilishi kerak. Agar shu muddat ichida tortilmagan bolsa keyin uni J. j.ga tortish mumkin emas. Biroq tergovdan yoki suddan yashirinib yurganlarga nisbatan bu muddat 25 y. qilib belgilangan. Tinchlik va insoniyat xavfsizligiga qarshi jinoyat sodir qilgan shaxs esa muddat otib ketganligidan qati nazar javobgarlikka tortiladi.

Mamajon Usmonaliyev.