Топ-100
Back

ⓘ Ziyod ibn solih al Xuzaiy - Abu Muslimning yaqin safdosh laridan biri va sarkardasi. Arablarning xuzaa qabilasidan. Abu Muslim uni 10 ming kishilik qoshin bilan ..




                                     

ⓘ Ziyod ibn solih al Xuzaiy

Ziyod ibn solih al Xuzaiy - Abu Muslimning yaqin safdosh laridan biri va sarkardasi. Arablarning xuzaa qabilasidan. Abu Muslim uni 10 ming kishilik qoshin bilan Buxorodagi Sharik ibn alMaxriy harakatini bostirish uchun yuborgan. Sharik bilan Z.i.S. qoshinlari ortasidagi urush 37 kun davom qilgan. Sharik jangda halok bolgan. Buxoro amiri Abdujabbor ibn Shuayb shaharni qattiq mudofaa etgan. Z.i.S. Buxoroni ololmay shaharga ot qoyishni buyurgan: 3 kun ichida shaharning katta qismi kuyib kul bolgan. Oxiri jang shaharning jan. qismidagi Attoron darvozasi oldida bolgan, juda kop aholi qirilib ketgan. Qolgan mudofaachilarni shahar darvozasiga osishgan. Z.i.S. Samarqanddagi galayonni ham bostirgan. 751 y. Talas jangada Orta Osiyoda oz mavqeini kuchaytirmoqchi bolgan xitoy qoshinini butkul tormor keltirgan. 754 y. xalifa Mansur buyrugi bilan Abu Muslimga qarshi chiqqan. Z.i.S.ga qarshi bolgan Buxoro hokimlari Abu Muslimni qollabquvvatlashgan. Z.i.S. Samarqand atrofidagi Barkas qishlogida yashovchi zodagon dehqon uyiga yashiringan, lekin dehqon uni oldirib, boshini barkashga solib Abu Muslim oldiga olib kelgan.

Manba: Istoriya atTabari, T., 1987. Abu Sayd Gard izi, Zayn alaxbor. Ukrasheniye izvestiy, T., 1991; Bartol d V. V., Sochineniya, t. II I, M, 1963; Ozbekiston xalklari tarixi, 1j., T., 1992.

Faxriddin Hasanov.