Топ-100
Back

ⓘ Zomin tof-ormon davlat qoriqxonasi - Jizzax viloyatida joylashgan. Turkiston tizma toglari garbiy qismining shimoliyyon bagrida, Kolsoy va Goralassoy havzalarin ..




Zomin tof-ormon davlat qoriqxonasi
                                     

ⓘ Zomin tof-ormon davlat qoriqxonasi

Zomin tof-ormon davlat qoriqxonasi - Jizzax viloyatida joylashgan. Turkiston tizma toglari garbiy qismining shimoliyyon bagrida, Kolsoy va Goralassoy havzalarini ishgol etgan. Janubiy Tojikiston bilan chegaradosh. Maydoni 15.5 ming ga, shundan 11.2 ming ga archa ormonzorlari. Dastlab 1926 yilda Goralas tog-archa qoriqxonasi nomi bilan tashkil etilgan. Qoriqxonada tog ormonlarini va archa biol.sini organish, archazorlarni kopay-tirish, hayvon va osimlik turlarini saqlab qolish ishlari olib boriladi. Relyefining murakkabligi va turli iqlimtuproq sharoitlariga kora, qoriqxonada 3 osimlik mintaqasi mavjud. Qoriqxona hududi tipik togli olka bolib, dengiz sathidan 1760–3500 m balandlikda. Yillik ortacha v yogin miqdori 400 mm dan ortiq. Iqlimi keskin kontinental, maksimal harorat yozda 33°, qishda - 35 - 38°. Qoriqxona hududida archazorlarning quyi qismida Zarafshon archasi va qora archa, orta qismida sovur archa, yuqori qismida orik archa usadi. Bulardan eng kop uchraydigani sovur archadir. U qora archa va orik archa orasida ham osaveradi. Qoriqxonada 180, hatto 400 yoshga kirgan archalar bor. Archadan tashqari Tyanshan chetani, Turkiston qayini; butalardan zirk, namatak, uchqat, irgay, tobulgi osadi. Qoriqxona hayvonot dunyosi xilma-xil. Qoriqxonada Respublika Qizil kitobiga kiritilgan turkiston silovsini, oq tirnoqli ayiq, arhar, bars shuningdek, bori, borsiq, tulki, jayra, tongiz va b. yashaydi. Qoriqxona hududida osimliklarning 720, turli qushlarning 130, sut emizuvchilarning 37 turi, sudralib yuruvchilardan 8, baliqning bir turi tavsiflangan.

Parrandalardan pushti shaqshaq, torgay, miqqiy, zagcha, zagizgon, kaklik, bedana, boltatumshuq, govkaptar, gurrak, turkiston ukkisi, boyqush va b. bor. Qoriqxonada uning hayvonot va osimliklar dunyosini organish boyicha ilmiy va amaliy ahamiyatga ega bolgan tadqiqot ishlari olib boriladi.

Boris Dyakin.