Топ-100
Back

ⓘ Irsiyat - organizmning oz belgilari va xususiyatlarini kelgusi avlodlarga otkazish, yani organizmlarning oziga oxshash nasllarni bun-yod etish xossasi. I. tufay ..




                                     

ⓘ Irsiyat

Irsiyat - organizmning oz belgilari va xususiyatlarini kelgusi avlodlarga otkazish, yani organizmlarning oziga oxshash nasllarni bun-yod etish xossasi. I. tufayli avlodlararo moddiy va funksional izchillik tamin etiladi. I. har xil turlarga mansub organizmlar belgi va xususi-yatlaridagi tafovutlarning avlodlar osha saklanib qolishini ham taminlaydi. Organizmlarning ozaro oxshashlik va qarindoshlik darajasiga bi-noan oila, urug, tur kabi sistematik guruhlarga muayyan tartibda taqsimlanishining asosida ham I. yotadi. I. tufayli bitta sistematik guruhga mansub organizmlar belgilarining turgunligi, yani ozaro oxshashligi bilan birga ularning bir-biridan farq qiladigan belgilar ham saqlanib qoladi. I. ning muayyan bir yonalishda tasiri tufayli organizm belgilarining avlodlar osha turgunligi tamin etiladi. I. organizmlar on-togenezining turgunligi, ontogenez bosqichlari ketmaketligini va bu jara-yonlarda moddalar almashinuvi xususiyatlarini belgilab beradi. I. ning yana bir xususiyati uning ozgaruvchanligidir. Binobarin organizmlar irsiy belgilarining turgunligi mutloq bolmaydi. Turli xil organizmlar bir-biridan turgunlik darajasi bilan farq qiladi. Mac, paleozoy erasi perm davridan saklanib qolgan ochiq uruglilar vakillaridan ginko ni qazilma ajdodlari bilan solishtirilganda million yillar otgan bolishiga qaramay bir qancha irsiy belgilar deyarli ozgarishsiz saklanib qolganligi kozga tashlanadi. Xuddi shu tariqa panjaqanotli latimeriya baligi ham million yillardan buyen deyarli ozgarishsiz Hind okeanining jan garbiy qismida saklanib qolgan. Lekin aksariyat hollarda I. ning turgunligi muayayn darajada nisbiy boladi. Organizm genetik omillar va yashash sharoitining ozaro tasiri natijasida rivojlanganligi tufayli I. ham genotip va tashki sharoitning tasirida turli korinishlarda namoyon boladi. Aksariyat hollarda I. xromosomalar tarkibidagi DNK molekulasida joylashgan genlar orkali amalga oshadi. Bunday I. xromosoma yoki yadro I. i deyiladi. Genlarning nisbatan kam qismi sitoplazmada joylashgan pla-stidalar va mitoxondriyalarda, yani xromosomalar bilan bogliq bolmagan hujayra elementlarida joylashgan boladi. Bu genlar faoliyati orqali amalga oshadigan I. sitoplazmik I. deyiladi. I. tufayli organizmlar har xil guruhlarining nisbatan musta-qilligi, ularning yaxlit sistema sifatida muayyan yashash sharoitiga moslashganlik xususiyatlari saqlab qolinadi. Illy sababdan I. evolyusion jarayonning eng asosiy omillaridan biri hisoblanadi.

Genetik tadqiqotlar natijasida qator I. qonunlari kashf etildi. Mendel tadqiqotlaridan kelib chiqadigan I. qonunlari quyidagilardan iborat: organizm belgi va xususiyatlarining irsiy asosini genlar tashkil etadi; I. birligi bolgan genlar nisbatan turgundir; har bir gen har xil allel dominant va retsessiv xrlatda boladi; tana hujayralarida genlar jinsiy hujayradagiga nisbatan ikki hissa kop.

Amerikalik T. Morgan tadqiqotlari negizida quyidagi I. prinsiplari aniqlandi: gen xromosomaning lokus deb nomlangan malum bir qismida ornashgan; allel genlar gomologik xromosomalarning aynan oxshash lokuslarida orin oladi; genlar xromosomalarda muayyan tartibda bir qator bolib joylashgan; jinsiy hujayralarda xromosomalar soni tana xujayralariga nisbatan ikki hissa kam gaploid boladi. Zigotada genlar jinsiy hujayralarning xromosomalari qoshilishi ham ikki baravar ortadi va somatik hujayralarda bolganidek diploid holatga otadi. I. prinsiplari negizida genlarning molekulyar genetik strukturasi va funksiyasi haqidagi talimot yotadi. I. qonuniyatlarini organish q. x. amaliyotida va tibbiyotda muhim ahamiyatga ega.

Jora Musayev.