Топ-100
Back

ⓘ Ishlab chiqarish sanitariyasi - sanitariyannng bir bolimi; soglom va xavfsiz mehnat sharoitini taminlashga qaratilgan sanitariyasoglomlashtirish chora-tadbirlar ..




Ishlab chiqarish sanitariyasi
                                     

ⓘ Ishlab chiqarish sanitariyasi

Ishlab chiqarish sanitariyasi - sanitariyannng bir bolimi; soglom va xavfsiz mehnat sharoitini taminlashga qaratilgan sanitariyasoglomlashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va hayotga tatbiq etadi. Kasb kasalliklarinchng oldini olish, shuningdek, korxona va u joylashgan hududda sanitariyagigiyena normalariga bekamu-kost rioya qilish, ishchixizmatchilarning ish joylarini yoritish, isitish, shamollatish va h.k.ning gigiyena talablari darajasida bolishini taminlash masalalari bilan shugullanadi. Bulyrdan tashqari, i.ch. omillari, mas, havodagi chang, kimyoviy moddalar miqdori, shuningdek, vibratsiya kuchi, shovqin va h.k., shuningdek, harorat, namlik va b.ning maromida bolishini nazorat qiladi. Korxona kurilishi va i.ch.ga topshirilishigacha bolgan jarayonlarda sanitariya normalari va gigiyena kridalariga asoslangan holda ish yuritadi. Ishchixizmatchilarga zararsiz va xavfsiz mehnat sharoitini yaratish, i. ch.da xavfsizlik texnikasining zamonaviy vositalarini qollash korxona rahbariyati zimmasida bolib, ular davlat tomonidan belgilangan maxsus normativlarga asoslangan holda ish korishlari talab etiladi. Korxona, mu-assasa, tashkilotlarning gigiyena normalariga, sanitariyagigiyena qoidalari va b.ga qanday rioya qilinayotganligi ustidan davlat sanitariya nazo-rati organlari, asosan, sogliqni saqlash idoralari va vazirliklari, shuningdek, kasaba uyushmalari hamda texnika va huquq mehnat inspeksiyalari nazorat qiladi.