Топ-100
Back

ⓘ Kaolin - oq rangli gil, asosan, kaolinitsan tashkil topgan. Vulkanizm bilan bogliq bolgan granit, gneys, slanets va b. tarkibida dala shpatlari bolgan tog jinsl ..




Kaolin
                                     

ⓘ Kaolin

Kaolin - oq rangli gil, asosan, kaolinitsan tashkil topgan. Vulkanizm bilan bogliq bolgan granit, gneys, slanets va b. tarkibida dala shpatlari bolgan tog jinslarining nurashidan yoki gidrotermal ozgarishidan hosil boladi. Kvars va b. ozgarmagan minerallar bilan aralashgan holda uchraydi. Birlamchi K. yuvilib, turgun suv qavzalarida qum orasida mayin dispers gil chokindilaridan iborat qatlam, linza shakllarini hosil qilsa, undagi K. ikkilamchi K. deyiladi. Yer yuzasiga yaqin yotuvchi K. ochiq usulda qazib olinadi, keyin boyitiladi. K. qogoz, chinni, fayans, kimyo, rezina sanoatida, otga chidamli buyumlar va izolyatorlar tayyorlashda ishlatiladi. K.ning jahondagi resurslari 20 mlrd. t chamasida, shuning yarmiga yaqini AQShda. K. konlari Ukraina, Kavkaz, Uralda, Ozbekistonda Ohangaron, Suvqaytdi, Qarnob, Quvasoy, Ovminzatog, Oltintogda bor.