Топ-100
Back

ⓘ Kinotelevizion texnika -tasvirlarni suratga olish, montaj qilish va ozatish uchun kino va televideniye vositalaridan foydalaniladigan usullar majmui. Kino va te ..




                                     

ⓘ Kinotelevizion texnika

Kinotelevizion texnika -tasvirlarni suratga olish, montaj qilish va ozatish uchun kino va televideniye vositalaridan foydalaniladigan usullar majmui. Kino va televideniye vositalari deganda kinotexnika, televideniye va videoyozuv vositalarining uygunlashuvi tushuniladi. Ushbu yonalishlarni oz ichiga oladi: televizion filmlarni togridan-togri kinoga olish; televizion tasvirlarni kineskop ekranidan yoki bevosita elektron nurli kamera yordamida yozib olish; videonazorat qurilmasi va nazorat videoyozuvidan foydalangan holda kinoga olish; kinofilmlarni montaj qilish va kopaytirishda televideonazoratdan foydalanish; telekinoproyeksiyalash.

Malumki, kinotexnika 19-asr 80-yillaridan, televideniye asosan 20-asr boshlaridan, videoyozuv 20-asr 50-yillaridan rivojlana boshlagan va asta-sekin takomillashtirib borilgan. Ayniqsa, videofilm yaratish rasm bolganidan Ozbekistonda 20-asr 70- yil laridan song Kinotelevizion texnikaning ahamiyati yanada ortdi. Kinotelevizion texnika da kop ikki va undan ortiq kinokamerali kinotelevizion jihozlar va boshqa oziga xos usullardan foydalaniladi. Kinokameralarning har qaysisiga ixcham teleuzatish kamerasi ham biriktirilgan boladi.

Kinotelevizion texnika vositasida bevosita kinolentaga suratga olingan kinofilmlarni ham, videomagnitlentaga tushirilgan videofilmlarni ham, bevosita olinadigan "jonli" tasvirlarni ham televideniye orqali namoyish qilish mumkin.

Umuman televizion tasvirlarni kinolentaga tushirishning optik, elektron nurli va lazerli usullari mavjud. Optik usulda suratga olish qurilmalarida tasvirlarni kineskop ekranidan kochirish mumkin. Elektron nurli usulda suratga olish qurilmalarida videosignal ozgartirib yuboradigan elektron nur havosi sorib olingan vakuum kamerada harakatlanayotgan kinolentaga toshadi. Vakuum kamera elektron nurli projektor, lenta tortish mexanizmi va vakuum hosil qiluvchi qurilmadan iborat boladi. Rangli tasvirni lazer nur yordamida 35 mm yoki 16 mm li lentaga yozib oladigan qurilma ham mavjud. Hozir Kinotelevizion texnika sohasida kompyuterlar texnikasidan unumli foydalaniladi. Kinotelevizion texnika vositalaridan murakkab kinoga olishda, multfilmlar ishlashda, kassetali kinoni suratga olishda, maxsus dasturlarni tayyorlash va boshqalarda foydalaniladi yana q. Kinotexnika.