Топ-100
Back

ⓘ Kitob davlat geologiya qoriqxonasi - Kashqadaryo viloyati Kitob tumani hududidagi qoriqxona. Zarafshon tog tizmasining janubi-garbiy tarmoqlari, Jinnidaryoning ..




                                     

ⓘ Kitob davlat geologiya qoriqxonasi

Kitob davlat geologiya qoriqxonasi - Kashqadaryo viloyati Kitob tumani hududidagi qoriqxona. Zarafshon tog tizmasining janubi-garbiy tarmoqlari, Jinnidaryoning sol qirgogi va Qoratogning shimoliyyon bagrida, Kitob shahridan 45 km sharqda joylashgan. Maydoni 5378 ga. Yerning geologik tarixiga oid tabiiy-ilmiy yodgorliklar bolmish noyob paleontologik-stratigrafik obyektlarni reja asosida organish va muhofazalash maqsadida 1979 yilda tashkil etilgan. Kitob davlat geologiya qoriqxonasig.q.da orta ordovik davridan boshlab devon va karbon davrlarining chegara qatlamlarigacha bolgan dengiz chokindi hosilalari paleozoy qatlami jinslarining yotish yonalishini kundalangiga kesib otgan bir kancha soy vodiylarida barqaror izchillikda kuzatiladi. Ular 16 ta turli guruhlarga mansub bolgan hayvonot va nabotot olamini ifodalovchi turli paleontologik krldiklar bilan tavsiflanadi.

Qoriqxonaning mutlaq balandligi 1300– 2650 m, nisbiy balandligi 500 m dan 1500 m gacha. Relyefi qoyali, baland togli qismida keskin bolingan, orta balandlikdagi qismida birmuncha tekis. Obisafed, Xojaqorgon, Zinzilbon, Novabak soylarining tog tizmalarini chuqur kesib otishi natijasida manzarali tog daralari vujudga kelgan. Qoriqxo-na hududidagi Zinzilbon kesimida devon sistemasining xalqaro stratigrafik etalonlaridan biri, 1989 yilda devon stratigrafiyasi boyicha xalqaro kichik komissiyasi tomonidan tanlangan va 1996 yilda Geologiya fanlari Xalqaro uyushmasi tomonidan ratifikatsiya qilingan ems yarusining quyi chegarasi stratotipi joylashgan. Shunga binoan, Kitob davlat geologiya qoriqxonasig.q. jahon stratigrafiya etaloni quyi devon ems yarusi quyi chegarasi standarti yoki - "Global Stratotipe and Point" global stratotip chegarasi nuqtasining sohibi va saqlovchisi sifatida tan olindi. Uning kesimlari qoriqxonaga xalqaro maqom berilishiga asos boldi. Qoriqxona hududidagi orta ordovikdan quyi karbon davrigacha bolgan muddatda dengizning chokindi hosilalaridan tashkil topgan kesimlar, asosan, umumiy qalinligi 4000 m dan ziyod karbonatli va kamroq terrigen va vulkanogen jinslardan tuzilgan. Ularning aksariyati yotqiziqlarning yoshi va korrelyasiyasini aniqlash, u yoki bu yotqiziqlarning shakllanish sharoitlarini tushunib olish hamda organilayotgan rayonlarning geologik tozilishini asosli izohdash uchun muhim ahamiyatga ega bolgan mikroskopik hamda makroskopik qoldiqlar korinishidagi turli paleontologik toshqotgan jinslardan iborat.

Qoriqxona xilma xil jonli tabiat dunyosiga boy. Bu yerdagi 800 tur osimlikdan 212 tasi, jumladan, ajoyib yunona, "buyuk", "Turkiston", foster va korolkov lolalari, fisherning gladiolus va shtenbergiyasi, chayqaluvchan allaxroza, muskusli ferula, chinor, eremurus, chol pioni, korolkov shafrani, kiselring savrinjoni, poyasimon piyoz va boshqa osimliklar Ozbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan.

Qoriqxona tashkil etilganidan boshlab uning bazasida hayvonot olamining turli guruhlari boyicha xalqaro anju-manlar, kolokviumlar, ekskursiyalar, turli paleontologik-stratigrafik tadqiqot ishlari otkaziladi.