Топ-100
Back

ⓘ Kumijiylar - Orta Osiyodagi qad. togli viloyat - Kumed aholisi. Ptolemeynnt yozishicha, miloddan avvalgi 1-asrda Baqtra shahridan boshlangan karvon yoli shim.da ..




                                     

ⓘ Kumijiylar

Kumijiylar - Orta Osiyodagi qad. togli viloyat - Kumed aholisi. Ptolemeynnt yozishicha, miloddan avvalgi 1-asrda Baqtra shahridan boshlangan karvon yoli shim.da "Komedlar togli olkasi"da Sugdiyonaga boradigan boshqa yol bilan kesishgan. Syuan Szanta kora, Kyumito yoxud Kyumichje togli viloyati gar-bda - Xuttalon, jan.da - Shugnon, jan.garbda - Panj daryosi bilan chega-ralangan. 7-asrning 1-yarmida Kumed Xuttalon tarkibida bolib, mamuriy markazi Vashgird shahri bolgan. Kumed viloyatida urta asrlarda K. qabilasi yashagan. Ular jasur va jangovar bolib, chorvachilik va talonchilik bilan shugullangan. K.ning koplab yer-mulklari, qishloqlari bor edi. Ular Sagoniyon va Xuttalon hukmdorlariga tobe bolib, ularga harbiy yordam berib turishgan. 11-asrda qoraxoniylarlan Boritegin gaznaviylarga qarashli Xuttalon va Vaxshni K. yordamida bosib olishgan. Birok, 1038 yil bu viloyatlarni qaytarib berishga va K. mamlakatiga qaytishga majbur bolgan. Kumed hududi tarixning turli bosqichlarida ozgarib turgan. Antik davrda "Komedlar mamlakati"ga qad. karvon yoli boylab chozilgan togli viloyatning barcha yeri kirgan. Denov yoki Xolchayondan boshlangan yol Pomirning tepasidagi Olay tekisligigacha borgan. "Kumedlar" yoki "Kumijiylar" deganda osha davrda bu hududda, shuningdek, Garbiy Pomir yon bagirlarida yashagan barcha kochmanchilar tushunilgan. Kushonlar davrida ular oz yerdarida yashab, shim.dan kelgan yuyechji qabilalari bilan qisman aralashib ketishgan. Ilk urta asrlarda Kumed xududi birmuncha cheklangan bolib tarkibiga Qorategin, Sagoniyon va Xuttalonning shim.da joylashgan togli viloyatni, shuningdek, Darvoz va ehtimol Rushonni qamrab olgan. K. 5 - 6-asrlarda shim.dan kelgan yangi kochmanchilar, dastlab xioniylar, songra eftaliylar va turkiylar tomonidan siqib chiqarilgan. Keyinchalik turkiy qavmlar mahalliy K. bilan aralashib ketgan. "Tanshu" dagi malumotga kora, 719 yil Kumedning turkiylarning yanto qabilasidan bolgan hokimi Valoyan Xitoy imperatoriga noma yollab, unda arablardan shikoyat qilgan, arablar uning mulkini talontoroj qilib, xalqi boshiga katta olpon solganini yozgan. 7-asrda Xitoyda "Kumedlik erkin musiqachilar" xalq orasida mashhur bolgan. 10-asrda somoniylar davrida K. ning ayrim qabilalari islomni qabul qilib ilgarigi yashash joylari - Surxondaryo va Kofarnihon daryolarining yuqori oqimidagi toglar va vodiylariga kelib orvashganlar, biroq Sagoniyon va Xuttalon hokimlari qol ostida bolishgan.

17-asrda Xuttalonning katta qismi va Vashgird atroflarida qirgiz qabilalari yashagan, ular keyinchalik sharqqa kochgan. Garm viloyati, yani Qorateginda hozir tojiklar yashashadi, 17-asrda u yerda olay qirgizlari istiqomat qilgan, bunga mahalliy joy nomlari va xalq rivoyatlari guvohlik beradi. Bu hozirgi Pomirdagi Olay platosida yashayotgan olay qirgizlari qad. K.ning avlodi ekanligidan dalolat beradi.

                                     

1. Adabiyot

  • Kamaliddinov Sh. S, Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toharistana po araboyazichnim istochnikam IX - vachala XIII vv., T., 1996.

Shamsiddin Kamoliddinov.