Топ-100
Back

ⓘ Korish analizatori - odam va hayvonlarda korish tasirotlari va axbortlarni qabul qilib, idrok etadigan va taqlil qilib beradigan murakkab neyrorotseptor sistema ..




                                     

ⓘ Korish analizatori

Korish analizatori - odam va hayvonlarda korish tasirotlari va axbortlarni qabul qilib, idrok etadigan va taqlil qilib beradigan murakkab neyrorotseptor sistema; asosiy analizatorlardgt biri. Korish analizatori 3 qismdan iborat: retseptor yoki periferik, otkazuvchi yollar va korish markazi yoki markaziy qism.

Korish analizatorining birinchi qismi tor pardada joylashgan. Inson kozi 380 dan 760 nm gacha bolgan uzunlikdagi yoruglik nurlarini qabul qiladi. Kozga toshayotgan yoruglik nurlari shox pardada si-vadi, qorachiq orqali otib, gavharda sinib, shishasimon tanadan otib tor pardada joylashgan kolbachasimon va tayoqchasimon hujayralarga tasir etadi. Bu hujayralarda yoruglik energiyasi nerv qozgalishi - impulsga aylanib, multipolyar va ganglioz hujayralarga, nerv tolalariga yetib boradi. Otkazuvchi yollar esa tor pardadan boshlanib, korish nervi, xiazma, korish trakti va bosh miya postloq osti markazidan iborat. U yerdan markaziy neyron boshlanib, korish yollari bosh miyaning ensa bolagidagi postloq qismi - Korish analizatorining markaziga yetib boradi va shu joyda korish sodir boladi.

Korish analizatorining faoliyati markaziy nerv sistemasining nazorati ostida boshqariladi.