Топ-100
Back

ⓘ Mirzachol tumani - Jizzax viloyatidagi tuman. 1967 yil 9 yanvarda tashkil etilgan. Shim.dan Qozogiston, shimoli-sharqdan Sirdaryo viloyati, janubiy dan Jizzax v ..




Mirzachol tumani
                                     

ⓘ Mirzachol tumani

Mirzachol tumani - Jizzax viloyatidagi tuman. 1967 yil 9 yanvarda tashkil etilgan. Shim.dan Qozogiston, shimoli-sharqdan Sirdaryo viloyati, janubiy dan Jizzax viloyatining Dostlik, garbdan Forish, Arnasoy tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 0.42 ming km². Aholisi 49 ming kishi. Mirzachol tumanida 1 shahar, 7 qishloq fuqarolari yigini bor. Markazi Gagarin shahri

                                     

1. Tabiati

Mirzachol tumani relyefi pastgekislikdan iborat. Iklimi keskin kontinental, quruq, qishda sovuq, yozi issiq. Ortacha temperatura yanvarda - 1.5°, iyulda 30°; minimal temperatura - 30° yanvarda, maksimal temperatura 42° iyulda. Vegetatsiya davri 224 kun. Yiliga ortacha 240 mm yogin yogadi. Tuprogi och boz va shorxok tuproq. Yovvoyi osimliklardan qongir-bosh, shuvoq, yantoq, shora, rang, iloq, qiyoq, qamish, ituzum, qushqonmas, shamak, yulgun, yovvoyi jiyda, terak, tol va boshqa osadi. Yovvoyi hayvonlardan quyon, tuvaloq, tulki, chiyabori; kemiruvchilardan kalamush, yumronqoziq, dala sichqoni; sudraluvchilardan toshbaqa, ilon, kaltakesak, qushlardan chol bur-guti, yovvoyi ordak bor.

                                     

2. Iqtisodiyoti

Tuman xojaligi, asosan, qishloq xojaligiga ixtisoslashgan. Sanoat, transport, aloqa, qurilish korxonalari faoliyat korsatadi. Paxtachilik, gallachilik, bogdorchilik, chorvachilik bilan shugullaniladi. Tumanda kichik, xususiy korxonalar mavjud. Mirzachol tumanining jami ekin maydoni 28.2 ming ga, shundan 13.8 ming ga paxta, 11 ming ga boshoqli don, 1.2 ming ga dukkakli ekinlar, 321 ga maydonga poliz ekinlari ekiladi. Dehqonfermer, jamoa, bordoqichilik hamda 9 shirkat xojaligi bor. Tuman hududidan magistral temir yol otgan. Sirdaryo - Jizzax, Qozogistonning Yettisoy tumani - Paxtakor, Guliston - Gagarin avtomobil yollari mavjud. Tuman shirkat va shaxsiy xojaliklarida qoramol, qoy va echki, parranda boqiladi.

Mirzachol tumanida avtokorxona, paxta tozalash zavodi, ijara korxonasi, aksiyadorlik jamiyatlar, savdo, madaniy va maishiy xizmat korsatish shoxobchalari bor. 18 umumiy talim maktabi 4200 ga yaqin oquvchi, litsey, kollej, 11 klub, 11 kutubxona, 4 madaniyat va istirohat bogi, 7 stadion, yodgorlik monumentlari mavjud. 4 kasalxona, 3 nodavlat tibbiy muassasa, 5 qishloq vrachlik ambulatoriyasi, 2 feldsher-akusherlik punkti, 10 dorixona faoliyat korsatmoqda.

1968 yildan "Mirzachol ovozi" avvalgi "Dostlik" gaz. chiqariladi.