Топ-100
Back

ⓘ Miya - 1 odam va hayvonlar nerv sistemasining markaziy bolimi, Miya organizmning eng murakkab hayotiy funksiyalari va muhit ozaro munosabatlarining boshqarilish ..




Miya
                                     

ⓘ Miya

Miya - 1) odam va hayvonlar nerv sistemasining markaziy bolimi, Miya organizmning eng murakkab hayotiy funksiyalari va muhit ozaro munosabatlarining boshqarilishini taminlaydi. Umurtqasiz hayvonlarda Miya kondalang va boylama tutashtirgichlar orqali ozaro tutashgan nerv hujayralari toplami - nerv tugunlari dan iborat. Halqali chuvalchanglar, tuban mollyuskalar va bogim-oyoklilarda nerv tugunlari qorin nerv zanjirini hosil qiladi. Bu hayvonlarning kopchiligida qorin nerv zanjirining halqum usti va halqum osti nerv tugunlari kuchli rivojlangan bolib, bosh miya deyiladi. Miya qattiq, orgimchak uyasisimon va tomirli parda bilan qoplangan. Bogimoyoklilar va bosh-oyoqli mollyuskalarning halqum usti nerv tugunlari 2 - 3 bolimdan tashkil topgan. Tuban xordali hayvonlar Miyasi naysimon, alohida qismlarga bolinmagan. Umurtqali hayvonlar va odam Miyasi bosh hamda orqa miyadgm iborat. Evolyusiya jarayonida bosh Miya oldingi, orta va keyingi yoki rombsimon Miyani, bundan keyingi rivojlanish davomida oldingi Miya oxirgi va oraliq Miyani, rombsimon Miya orqa va uzunchoq miyani hosil qiladi. Bir qancha umurtqalilarda oxirgi miya kuchli rivojlanadi. Sut emizuvchilar va odamda organlar faoliyatini boshqaruvchi sifatida Miya katta yarim sharlari postlogi shakllanadi. Oxirgi Miyaning ostki yuzasida 2 ta hidlash piyozchasi joylashgan. Oralik, Miyada korish bortiklari va 2 ta osimta: ustki epifiz va pastki gipofiz hosil boladi. Orta Miya tuban umurtqalilarda yaxshi rivojlangan. Yuksak umurtqalilarning orta Miyasida korish, eshitish va muvozanat organlari bilan boglangan 4 tepalik shakllanadi. Baliklar, suvda va quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, qushlarda rombsimon Miya miyachadan iborat. Sut emizuvchilarda rombsimon Miyaning pastki qismida Varoli koprigi hosil boladi. Uzunchoq Miya hamma hayvonlarda bir xilda tuzilgan; orqa Miya uning bevosita davomi hisoblanadi. Umurtqali hayvonlar Miyasi Miya posti bilan qoplangan. Miya postlari oraligida orqa Miya suyukligi boladi. Miya odamda tafakkur organi hisoblanadi; 2) odam va umurtqali hayvonlar suyagi boshliqlarini toldirib turadigan toqima.