Топ-100
Back

ⓘ Modellash - fizik hodisa va jarayonlarni model yordamida tadqiq qilish; obyektlar ning modellarini yasash. Fizik, matematik, elektr, kibernetik va boshqa xillar ..




                                     

ⓘ Modellash

Modellash - fizik hodisa va jarayonlarni model yordamida tadqiq qilish; obyektlar ning modellarini yasash. Fizik, matematik, elektr, kibernetik va boshqa xillarga bolinadi. Fizik M.da tadqiqot tekshirilayotgan jarayonning fizik tabiati va geometrik tuzilishi asl nusxadagidek, ammo undan miqdor jihatidan farq qiladigan modelda olib boriladi. Fizik M. gidrotexnika in-shootlari, samolyot, kema va boshqalarni tekshirishda qollaniladi. Matematik M.da berilgan fizik jarayonlarning matematik ifodalari modellanadi. Elektr M. ham kengtarqalgan. Bunda aktiv, induktiv va sigim qarshiliklardan foydlaniladi. Tirik organ izmlardagi boshqarish jarayonlarini organish uchun kibernetik modellar yaratilgan.

M.ning yana bir turi analog M.dir. U fizik tabiati har xil bolgan, lekin bir xil matematik algebrik, differensial va boshqalar tenglamalar bilan ifodalanadigan hodisalarning analogiyasi oxshashligiga asoslanadi.

M. har doim boshqa ilmiy va maxsus usullar bilan birga qollanadi. Avvalo, M. eksperiment bilan chambarchas bogliq. Biror hodisani uning modelida organishni eksperimentning alohida xili deb karash mumkin.

Kime reaktorl arin i M. berilgan shartlarga muvofiq, istalgan olchamdagi apparatlarda otadigan kimyoviy texnologiya jarayonlarining natijalarini oldindan bilish uchun qollanadi.

Bazi murakkab hodisalar uchun stoxastik M.dan foydalaniladi. U hodisalarning ehtimolligini aniqlashga asoslanadi. Bunday modellar ayni hodisadagi ayrim jarayonlarning otishini tola aks ettirmaydi, balki qandaydir ortacha, summar natijani beradi.