Топ-100
Back

ⓘ Odam oldirish - qasddan boshqa shaxsni hayotidan mahrum qilish. Jinoyat huquqida shaxsga qarshi qaratilgan eng ogir jinoyatlardan biri bolib, fuqarolar xayoti x ..




                                     

ⓘ Odam oldirish

Odam oldirish - qasddan boshqa shaxsni hayotidan mahrum qilish. Jinoyat huquqida shaxsga qarshi qaratilgan eng ogir jinoyatlardan biri bolib, fuqarolar xayoti xavfsizligini ta-minlovchi ijtimoiy munosabatlarga tajovuz hisoblanadi. O.o. Ozbekiston Respublikasi JK 97-moddasida nazarda tutilgan jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi. Ehtiyotsizlik or-qasida O.o. mustaqil jinoyat tarkibini tashkil qiladi. O.o. moddiy tarkibli jinoyatlar sirasiga kiradi. O.o. aybdorning harakati yoki harakatsizligi tufayli odam olgan paytdan boshlab tugallangan hisoblanadi. OzR Jinoyat kodeksida javobgarlik belgilangan O.o. turlarini shartli ravishda 3 guruhga ajratish mumkin: 1) qonunda nazarda tutilgan yengillashtiruvchi va ogirlashtiruvchi holatlarsiz O.o. ; 2) aybni ogirlashtiruvchi holatlarda O.o. ; 3) aybni yengillashtiruvchi holatlarda O.o.