Топ-100
Back

ⓘ Oliy talim - turli oliy maktablarda yuqori, oliy malakali muta-xassislartayyorlash. Oliy talim oliy oquv yurtlari tomonidan xalq xojaligi, fan va madaniyatning ..




                                     

ⓘ Oliy talim

Oliy talim - turli oliy maktablarda yuqori, oliy malakali muta-xassislartayyorlash. Oliy talim oliy oquv yurtlari tomonidan xalq xojaligi, fan va madaniyatning turli sohalari boyicha oliy malakali mutaxassis bolishni istagan va tegishli talablarni bajargan orta maxsus yoki kasb-hunar tali-mini olgan kishilarga ilmiy-nazariy bilim berish hamda muayyan konikmalar shakllantirish yoli bilan amalga oshiriladi.

Oliy talim jarayonida talabaga oliy malumot beriladi. Oliy malumot tushunchasi muayyan ixtisoslik boyicha mutaxassis oldida turgan nazariy va amaliy muammolarni mustaqil hal qilish imkonini beradigan darajadagi bilim va malakalar yigindisini anglatadi.

Oliy talim uzoq tarixga ega bolib, u dastlab Qad. Sharq mamlakatlarida paydo bolgan. Misr, Bobil, Xitoy singari mamlakatlarda mil.dan bir necha ming yillar burun Oliy talim tizimi dunyoga kelgan. Oliy bosqichdagi maktablarda talabalar olimlarning tabiat va jamiyatning rivojlanish qonuniyatlari, davlatni boshqarish yollari haqidagi asarlarini organar edilar. Platon miloddan avvalgi 428 - 348 yil, Aristotel miloddan avvalgi 384 - 322 yil singari mutafakkirlar har bir shaxening jismoniy va akliy imkoniyatlari 3 bosqichli talimda tola namoyon bolishini asosla-ganlar. Shuning uchun ham Yunoniston va Qad. Rimda ozod kishilar hamda asl-zodalarning farzandlari uchun talimning uchinchi - oliy bosqichi zarurligi tan olingan. Antik Oliy talimda falsa-fa, filol., musiqa, notiklik, tibbiyot, mat. fanlarini organishga alohida etibor qaratilgan.

Musulmon Sharqining kop mamla-katlaridagi kabi Turkistonda ham dastlabki Oliy talim madrasalarsa berilgan. Insoniyat tarixida musulmon Renes-sansi degan bosqichning yuzaga kelishida madrasalar hal qiluvchi ahamiyat kasb etgan.

Garb mamlakatlarida 11 - 12-asrlarga kelib zamonaviy manodagi Oliy talim tizimining dastlabki korinishlari vujudga kela boshladi. Uygonish davriyaa mat., mexanika, astronomiya, navigatsiya, tibbiyot kabi sohalardagi ulkan ilmiy kashfiyotlar Oliy talimning mazmuni chuqurlashuvi hamda qamrovi kengayishiga sabab boldi. Fan, texnika, madaniyat va sanatning rivojlanishiga mutanosib ravishda Oliy talim ham taraqqiy etib bordi.

Ozbekistonning mahalliy aholisiga hozirgi tushunchadagi Oliy talim Orta Osiyo jadidchilik harakati asoschisi Munavvarqori rahbarligida 1918 yil 12 mayda Toshkentda tashkil etilgan Xalk, dorilfununida berila boshlangan. Shorolar davrida Oliy talim tarmogi bir qadar kengaygan bolsada, maqalliy aholidan oliy malumotli kadrlar tayyorlash us-tuvor mavqeda bolmagan.

Ozbekiston mustaqillikka erishgandan keyin Oliy talim tez suratlar bilan rivojlana boshladi. OzRning "Talim togrisida"gi qonuni 1997ga muvofiq, Oliy talim orta maxsus yoki kasb-hunar talimi negiziga asoslanadi hamda ikki - bakalavriat va magistratura bosqichiga ega. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini royobga chiqarishning malum davriga qadar Oliy talim on bir yillik umumiy orta talim negizida ham amalga oshiriladi. Etiqod erkinligiga amal qili-nadigan OzRda dunyoviy oliy oquv yurtlari bilan birgalikda oliy dinipoquv yur-tlari ham bor. Ozbekistonda Oliy talim davlat qaramogidadir. Mamlakatda universitet Oliy talimi ustuvor maqomga ega. Bu tayyorlanayotgan mutaxassislarning jahon darajasida nazariy bilim va amaliy tayyorgarlik-ka ega bolish imkonini beradi.

Oliy talim rasmiy davlat hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Bunda talimning davlat standartlari, oquv rejalari hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Ularda organilishi majburiy va ix-tiyoriy bolgan fanlar, ixtisoslik kurelari, ularning oqitilish tartibi, miqdori, vaqti, nazariy va amaliy talim ortasidagi nisbat, nazariy mashgulotlar, oquv va ishlab chiqarish amaliyotlari, reyting davri, tatil, bakalavrlarning malakaviy bitiruv ishlari, magistrlarning dissertatsiyalarni yoklash muddati asosiy pedago-gik hujjat - oquv rejasida belgilab beriladi. Oquv rejasida organiladigan fanlar gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy, matematik va tabiiy-ilmiy, umumkasbiy, ixtisoslik fanlari va talimning qoshimcha turlari singari qismlarga bolinadi. Oquv rejasidagi fanlar majburiy, maxsus, tanlov va fakultativ korinishlarida olib borilishi kozda tutilgan.

Talabalarga ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oliy malumot berish talimning sirtqi shakli orqali amalga oshiriladi qarang Sirtqi talim. OzRda Oliy talim tizimida bir qancha ixtisoslik boyicha mutaxassislar tayyorlanadi. Kunduzgi Oliy talimda oqish kurs tizimida olib boriladi: talaba barcha oquv mash-gulotlariga qatnashishi majburiy. Sirtqi Oliy talimda talimning fan-kurs tizimi joriy etilgan. Bunga kora, talaba imtihon sessiyasidagina mashgu-lotlarga kelishga majbur. Sirtqi Oliy talimning imtihon sessiyalari har bir oquv yurtining imkoniyatiga karab, bir yilda ikki martadan ortiq bolmagan yosinda tashkil etiladi. Sirtqi Oliy talim muddati kunduzgi oqishdagi tegishli mutaxassislikka Karaganda yarim yoki bir yil ortiq davom etadi yana q. Oliy oquv yurtlari.

Krzoqboy Yoldoshev.