Топ-100
Back

ⓘ Suvotlar - tuban osimliklar dunyochasi; sodda tuzilgan, asosan, suvli muhitda osadi. S. bir hujayrali mikroskopik kattalikda koloniya bolib yashaydigan, kop huj ..




Suvotlar
                                     

ⓘ Suvotlar

Suvotlar - tuban osimliklar dunyochasi; sodda tuzilgan, asosan, suvli muhitda osadi. S. bir hujayrali mikroskopik kattalikda koloniya bolib yashaydigan, kop hujayrali va uz. 60 m gacha bolgan turlarni oz ichiga oladi. Ayrim turlarida toqimalar rivojlangan. Tanasining hujayralari ixtisoslashmagan, otkazuvchi toqimalari rivojlanmagan. Rizoidlari substratga yopishish uchun xizmat qiladi. Kokyashil va proxlorofit S. - prokariotlar; ularni, odatda, mustaqil guruh sifatida sianobakteriyalarga, evglenasimon S.ni kopincha bir hujayrali hayvonlarga kiritiladi. Eukariot S hujayrasi xloroplastlari da pirenoid, harakatchan S.da xivchin, bazan kozcha, qisqaruvchi vakuola boladi. Kopchiligi avtotrof, bir qancha turlari geterotrof va golozoy oziklanadi. S.ning bir qismi geterotrof, jumladan, parazit oziqlanishga otgan. Vegetativ, jinssiz va jinsiy kopayadi. S. zoosporalar hosil qilib kopayishi bilan yuksak osimliklardan farq qiladi.

Biokimyoviy xususiyati ga va gujayrasining submikroskopik tuzilishiga binoan, S. 10 bolim; kokyashil, qizil, tillarang, diatom, dinofit, qongir, sariqyashil, evglenasimon, yashil, harasimonlarga ajratiladi. 41000 dan ortiq turi malum. Dengizlarda qirgoqdan boshlab 200 m gacha va undan ham chuqurroqda, chuchuk va ota shorlangan suv havzalari, qaynoq buloqlar, tuproqda, jumladan, tog va dashtlarda uchraydi. Xivchinli davrga ega bolgan S. 2 guruhga bolinadi: va v xlorofillga ega bolgan yashil S. hamda v xlorofillsiz, lekin kopincha s xlorofillga ega bolgan sariqqongir S. S.ning har xil bolimlari turli xil bir xujayrali organizmlardan mustaqil holda kelib chiqqanligi taxmin qilinadi.

S. biosferada organik moddalarni ilk bor hosil qiluvchi organizmlar sifatida juda katta ahamiyatga ega; okeanlarda Si biomassasi 1.7 mlrd. t ga yaqin 1 yilda 550.2 mlrd. t. S. 1 ga suv yuzasiga nisbatan 1.3 - 2.0 t quruq biomassa hosil qiladi.

Yer atmosferasida erkin kislorodning paydo bolishi ham S. bilan bogliq. S. eng qad. organizmlar bolib, ulardan boshqa osimliklar kelib chiqqan. Kopchilik bir xujayrali S. zamburuglar bilan simbioz yashashi tufayli lishayniklar xrsil bolgan qarang Lishayniklar. S.ning Yer yuzidagi geokimyoviy ahamiyati kalsiy va kremniyning tabiatda aylanishi diatom S. qoldiqlari bilan bogliq. Yirik S. ovqat uchun ishlatiladi, chorva ozigi sifatida qollanadi va tibbiyotda alginatlar, yod va mikrobiologiya sanoati uchun zarur bolgan agaragar olinadi. Laminariya, makrotsista, porfira va boshqa S. dengizlarda maxsus kopaytiriladi qarang Akvakulopura, Kopchilik S.dan oqova suvlarni biologik tozalash va suv havzalarining ifloslanishini aniqlashda bioindikator sifatida foydalaniladi. Sni organuvchi fan - algologiya deyiladi.

Oktam Pratov.