Топ-100
Back

ⓘ Surxon davlat qoriqxonasi - Surxondaryo viloyati, Sherobod tumanining shimoliy garbiy qismida joylashgan 2 mustaqil maydondan - Kohitang togining sharqiy yon ba ..




Surxon davlat qoriqxonasi
                                     

ⓘ Surxon davlat qoriqxonasi

Surxon davlat qoriqxonasi - Surxondaryo viloyati, Sherobod tumanining shimoliy garbiy qismida joylashgan 2 mustaqil maydondan - Kohitang togining sharqiy yon bagri va Paygambaroroddan iborat qoriqxona. Paygambarorol uchastkasi vodiytoqay ekosistemalari va buxoro bugusini muhofaza kilish maqsadida 1971 yilda tashkil etilgan. Koxitang davlat buyurtma qoriqxonasi 1986 yilda Paygambarorol qoriqxonasi bilan birlashtirilib, Surxon davlat qoriqxonasi q. ga aylantirildi. Vazifasi qoriqxona hududidagi osimlik va hayvonot olamini muhofaza qilish, organish, ilmiy tadqiqot ishlari olib borishdan iborat. Surxon davlat qoriqxonasiq.ning togormon ekosistemasiga kiruvchi Kohitang qismi gidrologik tarmoqqa, kattakichik soylarga boy, Laylakon, Qizilolmasoy kabi yirik daryolari ham bor. Qoriqxona hududida Zarautsoy rasmlari saqlangan dara mashhur. Kohitangda turkiston va zarafshon archalari, turkiston zarangi, turongil, buxoro bodomi, jiyda, shirin bodom, orik, yongoq, xandon pista, saksovul, butalar va boshqa osadi. Osimliklarning 810 turi mavjud, ularning 29 turi Ozbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. Tog va tog yon bagirlarida turkiston silovsini, morxor, osiyo mufloni, bori, tulki, quyon, borsiq, har xil zaharli ilonlar va qushlarning 130 ga yaqin turi uchraydi.

Qoriqxonaning Paygambarorol uchastkasi Amudaryodagi kichik orol - uz. 8, eni 5 km; 3044 ga ormonzor va toqayzordan iborat 1986 yil gacha etalon toqayzorlarning osimlik va xayvonot dunyosini tabiiy holida saqlash maqsadida tashkil etilgan mustaqil qoriqxona bolgan. 970 gektarini ormonzor, qolgan qismini jiyda, terakjiyda, yulrun va terak aralash toqayzorlar tashkil etadi. Shuningdek, orolda chuchukmiya, yulgun va galofit osimliklar osadi. Toqayzorlarda buxoro xonguli, yovvoyi tongiz, qamish mushugi, qushlardan qirgovul, burgut, tasqara, qirgiy; hind jayrasi, sudraluvchilardan chol agamasi, toshbaqalar, kaltakesaoar, ilonlar va boshqa kop uchraydi. 12 - 13-asrlarda orol muqaddas ziyoratgoh bolgan. Rivoyatlarga kora, orolda musulmon arboblaridan biri dafn etilgan va uning qabri ustida Zulkifl masjidi bolgan. Shu bois, musulmonlar bu orolni muqaddas joy, yani "Paygambarorol" deb atashgan.

Abdushukur Xonazarov.