Топ-100
Back

ⓘ Tabiat muzeyi, Ozbekiston davlat tabiat muzeyi - Markaziy Osiyodagi dastlabki yirik ilmiymarifat muassasasi. Toshkent muzeyi nomi bilan 1876 y. Toshkent shahrid ..




                                     

ⓘ Tabiat muzeyi

Tabiat muzeyi, Ozbekiston davlat tabiat muzeyi - Markaziy Osiyodagi dastlabki yirik ilmiymarifat muassasasi. "Toshkent muzeyi" nomi bilan 1876 y. Toshkent shahrida tashkil etilgan. 1921 yilda muzey qad. yodgorliklarni saklash, sanat va tabiat ishlari boyicha qomita tasarrufiga otkazilib, Orta Osiyo bosh muzeyi nomini oldi. 1930 yilda tabiat bolimlari, qishloq xojaligi. muzeyi hamda Zoologiya bogi bilan birga Orta Osiyo tabiat muzeyi va ishlab chiqaruvchi kuchlar nomi berildi. 1935 y. yanvar oyida Uzbekiston Davlat tabiat muzeyiga aylantirildi. 1944 yildan muzey boy ilmiy fondlarni sak,laydigan muassasa sifatida Uzbekiston FA tizimiga, 1963 yildan esa Uzbekiston madaniyat ishlari vazirligi ixtiyoriga otkazildi. Muzeyda zoologiya va botanika; geol. va geog.; ilmiymarifiy; fond yoki jam/arma bolimlari bor. Muzey korgazma zallariga Yerda hayotning paydo bolishi va rivojlanishi, organik dune evolyutsiyasi, odamning paydo bolishi, respublika tabiati va uning boyliklari, ulardan foydalanish togrisida koplab tabiiy eksponatlar, kolleksiyalar va korgazmali materiallar qoyilgan.

Muzeyda jami 372021, jumladan botanika boyicha 10496, zoologiya boyicha 359642 shundan 355045 hasharotlar, geol. boyicha 1883 eksponat bor 2004. Muzeyda olkashunoslik va muzeyshunoslik masalalari boyicha i.t. ishlari qam olib boriladi. Muzeyni har yili 50 mingdan ortiq kishi kirib koradi.

Ergash Islomov.