Топ-100
Back

ⓘ Tabiat resurslari, tabiiy boyliklar - jamiyatning moddiy va manaviy ehtiyojlarini qondirish maqsadlarida xojalikda foydalaniladigan hamda insoniyatning yashashi ..




                                               

Yer resurslari

Yer resurslari - xalq xojaligi ehtiyojlari uchun foydalanish mumkin bolgan yerlar. Ozbekistonda Ye.r. tarkibiga foydalanib kelinayotgan yerlar va istiqbolda foydalanish mumkin bulgan yerlar kiradi. Ye.r. maydoni va sifati jihatidan baholanadi. Ye.r.dan foydalanish darajasini tahlil etish va ularning samaradorligini aniqlash natijasida yer maydoni birligiga togri keladigan yalpi va sof daromad, mehnat unumdorligi aniqlanadi hamda yer egaliklari va yerdan foydalanuvchilar faoliyatiga baho beriladi. OzRda Ye.r. shartli ravishda quyidagi tartibda taqsimot qilingan: yer turlarining toifalari bo ...

                                               

Ishlab chiqaruvchi kuchlar

Ishlab chiqaruvchi kuchlar, unum beruvchi kuchlar - ijtimoiy ishlab chiqarishda band bolgan i.ch. vositalari va kishilar majmui; ijtimoiy i.ch. jarayonida inson bilan tabiat ortasidagi "modda almashuvi"ni amalga oshiradigan subyektiv va ashyoviy unsurlar tizimi. I.ch.k. insonning tabiatga foal munosabatini ifoda etadi va bu munosabat mazmunini tabiat boyliklarini moddiy va manaviy ozlashtirish hamda rivojlantirish tashkil etadi. Ozlashtirish davomida insonning tirikchilik, hayot sharoitlari - moddiy boyliklar yara-tiladi, ayni paytda uning ozi ham kamol topib, rivojlanib boradi. I.ch.k. ni ...

                                               

Davlat mulkini xususiylashtirish

Davlat mulkini xususiylashtirish - davlatning oz ixtiyoridagi i. ch. vositalari, mol-mulk obyektlarini, korxonalar, uy-joy, transport vositalari, tabiat resurslari va b.ni davlat tasarrufidan chiqarishi va fuqarolar, jamoalar, shuningdek, davlatga tegishli bolmagan yuridik shaxslarga berishi yoki sotilishi; davlat mulki asosida turli mulk shakllarini vujudga keltirish. D.m.x. davlat mulkini kelgusida shu mulk negizida xojalik faoliyati yurituvchi va uning natijalari boyicha toliq mulkiy masuliyatni zimmasiga oluvchi iqtisodiy subyektlarga turli shartlarda berish yoki sotish orqali amalga o ...

Tabiat resurslari
                                     

ⓘ Tabiat resurslari

Tabiat resurslari, tabiiy boyliklar - jamiyatning moddiy va manaviy ehtiyojlarini qondirish maqsadlarida xojalikda foydalaniladigan hamda insoniyatning yashashi uchun zarur bolgan, uni orab turgan tabiiy muhitning barcha tabiat komponentlari, energiya manbalari. Tabiat resurslariga Quyosh energiyasi, Yerning ichki issiqligi, suv, yer, mineral boyliklar, osimliklar, tuproklar, hayvonot dunyosi kiradi. Tabiat resurslari tugaydigan, tugamaydigan va tiklanadigan boyliklarga bolinadi. Tabiiy xom ashyolarni kop darajada istemol qiluvchi kuchlarning jadal rivojlanishiga bogliq ravishda Tabiat resurslari bilan taminlash muammolari yanada dolzarblashib bormokda. Tuproq, atmosfera va gidrosferaning ifloslanishiga qarshi kurashishda jahonning barcha mamlakatlari kelishib faoliyat yuritishlari zarur bolib, Tabiat resurslari muhofazasi global xarakterna ega bolmoqda. Tabiat resurslarini ozlashtirishning muhim bosqichlari - ularni aniqlash, organish, alohida turlari boyicha kadastrlar tuzishdan iborat. Ozbekiston Respublikasida Tabiat resurslari kadastrlarini tuzish va yuritish Ozbekiston Respublikasining "Davlat kadastrlari togrisida" qonuni ga muvofiq olib boriladi.

Tabiat resurslarini baholashning ilmiy asoslangan 3 tipi mavjud: texnologik, iktisodiy, ijtimoiy. Tabiat resurslarini togri baholash ulardan foydalanishda eng yuqori samaralarga erishishning muhim sharti hisoblanadi. Inson tafakkuri osishi bilan bogliq holda Tabiat resurslari turlari ham kengayib bormokda, bunda eng zamonaviy texnik vositalardan foydalaniladi. Ilmiy-texnik taraqqiyotni rivojlanib borishi bilan tugaydigan Tabiat resurslari ornini bosuvchi yangi suniy materiallar ishlab chiqarilmoqsa, Dunyo okeani boyliklari ozlashtirilmoqsa. Ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotning rivojlanishi yolida Tabiat resurslaridan samarali foydalanish va tabiatda ekologik muvozanatni taminlab turuvchi yangi sifatli texnologiyalarni yaratish talab etilmokda. Xom ashyo va energiya manbalaridan rejali tarzda foydalanish uni uzoq muddatga yetishini taminlaydi yana q. Tabiatni muhofaea kolosh.