Топ-100
Back

ⓘ TINTORETTO Yakopo - italyan rassomi, Songgi Uygonish davri Venetsiya maktabi namoyandasi. Bonifatsio Veroneze, Titsiandan talim olgan. T.ning ilk asarlaridayoq ..




                                     

ⓘ Tintoretto Yakopo

TINTORETTO Yakopo - italyan rassomi, Songgi Uygonish davri Venetsiya maktabi namoyandasi. Bonifatsio Veroneze, Titsiandan talim olgan. T.ning ilk asarlaridayoq uning murakkab rakurslarni, keskin nur samarasini, xilmaxil harakatlarni mahorat bilan bera olishi namoyon boldi. Ommaviy sahnalardagi kishilarning holati, ularning hayratini mahorat bilan tasvirlashi uni tola shakllangan ijodkor sifatida namoyon qildi, sof, nurli buyoklar ulkan tasirchan qudratga ega bolib bordi, T. asosiy ishi - Skuola di SanRokko uchun yaratgan namoyonlar turkumi da xristian afsonalarini teran demokratik kayfiyatda talqin qiladi, unda xalq, sertashvish, romantik kayfiyat baxsh etuvchi manzara tasviriga aloxida etibor beradi; batal janridagi "Zara yaqinidagi jang", "Maxfiy kechalar" asarlari mahobatliligi bilan diqkatga sazovor. T. yaratgan portretlar ota sodda va nozik ruhiyati bilan Rembrandt asarlari bilan raqobatlashadi.