Топ-100
Back

ⓘ Toyloq tumani - Ozbekiston Respublikasi Samarkand viloyatidagi tuman. 1992 y. 9 aprelda tashkil etilgan. Viloyatning jan.sharqiy qismida. Shim.dan Jomboy va Bul ..




Toyloq tumani
                                     

ⓘ Toyloq tumani

Toyloq tumani - Ozbekiston Respublikasi Samarkand viloyatidagi tuman. 1992 y. 9 aprelda tashkil etilgan. Viloyatning jan.sharqiy qismida. Shim.dan Jomboy va Bulungur, jan. va sharqdan Urgut, garbdan Samarkand tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 0.28 ming km². Aholisi 134.3 ming kishi. T.da 9 qishloq fuqarolari yigini bor. Markazi - Toyloq qishlogi.

Tabiati. Tuman hududi Zarafshon daryosining hozirgi davr qayirlari hamda kohna qayir terrasalaridan iborat bolib, asosan, tekislik. Zarafshon daryosi keltirgan oqindi dan tarkib topgan. Ular ustini 5–10 m qalinlikdagi lyoss yotqiziqlari qoplagan. Tuman hududidan Markaziy magistral, Dargom kanallari va Zarafshon daryosi, Krrasuv soyi oqib otadi. Tuprogi boz, otloqboz, otloqbotqoq va allyuvial tuproq. Foydali qazilmalari, asosan, shagaltosh, qum va lyosslardan iborat. Iklimi keskin kontinental. Iyulning ortacha trasi 25.9°, yanvarniki 0.2°. Vegetatsiya davri 215 - 230 kun oraligida. Yiliga 320–350 mm yogin tushadi.

Tuman hududidagi qayirlarda toqayzorlar mavjud bolib, bu yerda yovvoyi jiyda, tol, qamish, turangil osadi. Tuman hududidagi ekin ekilmagan yerlarda ajriq, yulgun, shuvoq, bugdoyiq, yantoq, yalpizlar uchraydi. Qushlardan mayna, chumchuq, qarga va boshqa bor.

Aholisi, asosan, ozbeklar, shuningdek, tojik, rus, tatar, koreys va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholi zichligi 1 km²ga 480 kishi.

Xojaligi. Tuman xojaligi, asosan, qishloq xojaligi. mahsulotlarini yetishtirish va ularni qayta ishlashga ixtisoslashgan. Sanoatida tamirlash, aloqa va aholiga maishiy xizmat korsatish korxonalari, meva konserva zdlari bor.

Toyloq tumanida yirik, orta, kichik korxonalar hamda mikrofirmalar faoliyat korsatib turibdi. Meva konservalari, non, qandolatchilik va sharob mahsulotlari, salqin ichimliklar, qurilish materiallari ishlab chiqariladi.

Tumandagi ixtisoslashgan mikrofirmalar tomonidan aholiga maishiy xizmat korsatish ishlari amalga oshiriladi. 2 ta qoshma korxona, shu jumladan, Uzbekistan - AQSH "Adas - Agro Invest" uzumni qayta ishlaydi, Ozbekiston - Rossiya "TonigriN" mevani qayta ishlaydi mahalliy xom ashyo asosida ishlamoqda.

Qishloq xojaligining yetakchi tarmogi - dehqonchilik. Tumanda 5620 ga yerga galla, 1994 ga yerga sabzavot, 307 ga yerga kartoshka, 2697 ga yerga ozuqa ekinlari ekiladi. Kop yillik daraxtzorlar 4686 ga. Boz yerlar va yaylovlar 2336 ga 2003.

Toyloq tumanida 11 shirkat, 482 fermer xojaligi faoliyat korsatadi. Tuman jamoa va shaxsiy xojaliklarida 63.2 ming qoramol shu jumladan, 29.4 ming sigir, 18.9 ming qoy va echki, 70.7 ming parranda, 300 dan ziyod yilqi bokilmoqsa 2003.

2003/04 oquv yilida tumandagi 55 umumiy talim maktabida 40.4 mingdan ziyod oquvchi, "Olimpiya zaxiralari" kollejida 512 talaba talim oldi. 31 kutubxona, madaniyat va istirohat bogi mavjud. Toyloq tumanida 9 kasalxona, 23 feldsherakusherlik punkti, 12 qishloq davolash bolimlari va boshqa tibbiy muassasalarda 202 vrach ishlaydi. 1994 yildan "Qoshchinor" tuman gaz. chop qilinadi adadi 2000.