Топ-100
Back

ⓘ Boz, mato. Boz, karbos - bosh pishitilgan paxta ipidan sodda toqilgan mato; qalin, pishiq va tana haroratini bir xilda saqlaydigan mahalliy ipgazlama. Qadimdan ..




                                     

ⓘ Boz (mato)

Boz, karbos - bosh pishitilgan paxta ipidan sodda toqilgan mato; qalin, pishiq va tana haroratini bir xilda saqlaydigan mahalliy ipgazlama. Qadimdan qol dastgohdarida toqilgan. Yozma manbalarda boshqa matolar qatori B. ham kop tilga olingan: "qali atlas keysang unutma bozung". B.ning "etaklik B.", "sedrak B.", "qali B." navlari farqlangan; musulmon Sharqida qizil B. "alkirbos" nomi bilan mashhur. 17-asrda Turkistondan Moskvaga jonatilgan matolar orasida "byaz" nomi bilan tilga olingan, qizil B. esa "kumach" deb atalgan. 19-asr boshida buxorolik toqimachilar Astraxon, Vyatka, Qozon gubernyalarida qurgan ustaxonalarda B. toqib sotilgan.

B. Turkistonda qolda toqilgan matolar orasida xaridorbop mato bolgani uchun mahalliy aholi orasida keng tarqalgan. Buxoroda B. sotiladigan maxsus rasta - "Bozori karbos" bolgan. B.ning oq, malla, rangin nil boyoqqa boyalgan xillari bor. Chitgarlar risolasida 19-asr B.ning qora, sariq, yashil, kulrang, binafsha, oq va boshqa xillari ishlanishi qayd etilgan. Oq B.ning bazi xillari oharlangan va yaltiratib pardozlangan, bazilari paxmoqqa oxshash tukli bolgan tukli yuza ota qalin arqoq iplarga maxsus ishlov berilishi natijasida hosil qilinadi. B.dan ichki koylaklar va boshqa xil kiyimlar, kashta tikilgan buyumlar, gul bosib bezatilgan dasturxon, choyshablar tayyorlangan yana q. Bozchilik.

Sayyora Mahkamova.